O‘zLiDeP ekspertlar guruhi: tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan jihatlar o‘rganildi (+Audio)

29.08.2017, 16:56

O‘zLiDeP ekspertlar guruhi: tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan jihatlar o‘rganildi (+Audio)

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari hukumat portalida umuxalq e’tiboriga havola etilgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini yanada  mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli  ishlarning yangi bosqichini boshlab  berayotgan ushbu loyihalar tadbirkorlik sub’ektlari uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Qizg‘in davom etayotgan loyihalar muhokamasi jarayonida  tadbirkorlar fikrlarini o‘rgangan holda aniq takliflarni kiritish asosiy maqsad qilingan.

O‘zLiDeP faollarining ta’kidlashicha, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan har bir hujjat loyihalari yuzasidan partiya elektorat qatlami tadbirkorlar, fermerlar, ekspertlar guruhi ishtirokida umumlashtirilib, tizimli mexanizm joriy etilgan.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! 

  • Ko'rildi
    2543
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+