Yangi farmonning qabul qilinishi xotin-qizlarni va oila institutini qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratadi

05.02.2018, 12:34

Yangi farmonning qabul qilinishi xotin-qizlarni va oila institutini qo‘llab-quvvatlashga imkon yaratadi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi xotin-qizlarga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish,  huquq va manfaatlarini, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi sog‘lom muhitni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farmonda qayd etilishicha  xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ruyxatlarini tuzish, ularga huquqiy va psixologik moddiy yordamlar ko‘rsatish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ayniqsa chekka qishloq joylarda yosh qizlarni tadbirkorlikka hunarmandchilikka kengroq jalb etish, ular o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, birinchi navbatda huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.

Eng e’tiborli jihati esa xotin-qizlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish bu borada chekka qishloq joylarda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishda partiyaning “Ayollar qanoti” tomonidan muntazam tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga”, “Ishbilarmon ayol” “Fermer ayollar” kabi partiyaviy loyihalar o‘z samarasini bermoqda.

Bundan tashqari O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan Memorandum hamkorlikda yanada faol ishlashga undaydi.   

 Shuningdek Farmonda 1999 yildan ta’sis etib kelinayotgan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga har yili izlanuvchan, ilmga chanqoq, faol 14-22 yoshgasha bo‘lgan yosh qizlarimiz ishtirok etgan bo‘lsa, 2018 yildan boshlab esa ushbu davlat mukofotiga 14-30 yoshgacha bo‘lgan qizlarimiz turli yo‘nalishlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.

Qolaversa, jamiyat va davlat hayotida faol va tashabbuskorlik ko‘rsatib kelayotgan, oila va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, mamlakatimiz taraqqiyoti va aholi farovonligi mustahkamlash yo‘lida erkak kishilar bilan bir safda teng fidoyi mehnat qilayotgan xotin-qizlarimiz uchun “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak-nishonining ta’sis etilishi davlatimiz rahbarining yana bir marta aziz ayollarga qaratilayotgan e’tibor va hurmatning belgisi hisoblanadi.

Ushbu farmonning qabul qilinishi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirishda, tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikda ishlashda katta mas’uliyat yuklaydi.

                                                                   Asem Sirimbetova

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1703
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+