O‘zLiDePda qonun loyihasi onlayn tarzda muhokama qilindi (+ Video)

04.08.2017, 16:59

O‘zLiDePda qonun loyihasi onlayn tarzda muhokama qilindi (+ Video)

Joriy yil 4-avgust kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, partiya hududiy tashkilotlari, deputatlik guruhlari a’zolari, tadbirkorlar ishtirok etgan mazkur tadbir onlayn videokonferensiya tarzida tashkil qilindi.

Eng e’tiborlisi mazkur videokonferensiya O‘zLiDePning Facebook’dagi “UzLiDeP muhokamaga chorlaydi” guruhida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi. Ijtimoiy tarmoq orqali mazkur qonun loyihasiga tadbirkorlardan 100 dan ortiq taklif va fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 5 mayda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni xususiy sektor faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bayon etilgan vazifalarga hamohang mazkur tarixiy hujjat keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Zero, Farmon partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlarning yanada samarali faoliyat olib borishlarini kafolatlashga qaratilgani bilan ham nihoyatda ahamiyatlidir. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish vakilning asosiy vazifalari sirasiga kirishi aniq belgilab qo‘yilgani diqqatga sazovor.

Qizg‘in, ishchanlik ruhida o‘tgan muhokamalar jarayonida deputatlar, tadbirkorlar mazkur farmon asosida ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi yuzasidan takliflar, tavsiyalar bildirishdi. Xususan, ishtirokchilarning “Biznes ombudsman”ning viloyatlarda vakili bo‘lishi lozimligi, vakilga shikoyat qilish muddatini 3 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi va boshqa aniq, asosli, puxta o‘ylangan takliflari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Qonun loyihasidagi vakil tomonidan tadbirkorlik sub’ektlaridan kelgan shikoyat va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan bog‘liq qoidalar ham qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Ta’kidlash zarurki, vakil tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy  manfaatlarini buzuvchi qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi bo‘yicha yo‘llangan shikoyatlarni ham atroflicha ko‘rib chiqadi.

—Ayni paytda, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy bahslarni hal qilish bilan bog‘liq, oilaviy, mehnat va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi shikoyatlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uning vakolatiga kirmaydi,  - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ibrohim Xodjiyev. — Shuningdek, qonun loyihasiga muvofiq, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sud organlari, tezkor-qidiruv, tergov, surishtiruv va jazoni ijro etish faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqmaydi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar mazkur qonun loyihasini yanada takomillashtirish, puxta ishlanishi zarur, degan xulosaga keldilar. Buning uchun esa fuqarolar, tadbirkorlar xohish-istaklari, ehtiyojlari, muammolarini yanada chuqurroq o‘rganish talab etilayotir. Binobarin, partiya va uning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi qonun loyihasi muhokamasiga oid ishlarga yanada ko‘proq urg‘u berishi, jumladan, odamlar bilan yuzma-yuz muloqotlarni tizimli o‘tkazishi, bu yo‘nalishda eng chekka hududlarni ham qamrab olishi taqozo qilinmoqda.  

VIDEO

FOTOLAVHALAR

O‘zLiDeP Матбуот хизмати

O‘zLiDePнинг Facebook’даги расмий саҳифаси ва Telegram’даги каналига аъзо бўлиб, сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг! 

  • Ko'rildi
    1721
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O`zLiDeP Олмазор туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-07-10 15:03:46

Қарорда Солиқ хизмати – инсофли солиқ тўловчиларнинг ишончли ҳамкори деган тамойил белгилаб берилгани ҳамда Солиқ тўловчилар ва давлат солиқ хизмати органлари ўртасидаги солиқ низоларини судгача ҳал қилиш Кенгаши ташкил қилинаётганлиги тадбиркорларга қулайлик яратиши билан эътиборлидир.


Fikringizni qoldiring

+