Xotin-qizlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish – O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning ustuvor vazifasi

05.02.2018, 17:12

Xotin-qizlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish – O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning ustuvor vazifasi

O‘zLiDeP Angor tuman Kengashi tomonidan “Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas” shiori ostida “O‘z bolangni o‘zing asra” mavzusida tadbir  o‘tkazildi.

Tadbir O‘zLiDeP tuman Kengashi “Ayollar qanoti”, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, tuman qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda “Sharq guli” mahallasining bir gurux xotin-qizlari ishtirok etdi.

Tadbirda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili  Davlat dasturida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va jamiyatimizda olib borilayotgan ma’naviy, ma’rifiy va madaniy sohalardagi islohotlar keng muhokama qilindi. Yoshlarni yot g‘oyalarlar ta’siridan himoya qilish, bandligini ta’minlash maqsadida uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zaro amaliy muloqot asosida o‘tkazilgan tadbirda xotin-qizlar va yoshlarning g‘oyaviy ongi va dunyoqarashini shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Matluba JO‘RAYEVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi

o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2916
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+