Taxtako‘pir tumanidagi cayyor qabulda chorvachilikni rivojlantirish buyicha imtiyozli kreditlar olish masalasi muhokama qilindi

05.02.2018, 17:17

Taxtako‘pir tumanidagi cayyor qabulda chorvachilikni rivojlantirish buyicha imtiyozli kreditlar olish masalasi muhokama qilindi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabr kunidagi “Jismoniy va yuridik  shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Taxtako‘pir tumani hokimiyatida tashkil etildi.

Tadbirda partiya faollaridan “Abilqasim taxta” fermer xo‘jaligi rahbari A.Koshanov so‘zga chiqib, fermer xo‘jaligi hamda ta’minlash va tayyorlash korxonalari o‘rtasidagi shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish kerakligi va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha imtiyozli kreditlar olishdagi muammolar haqida aytib o‘tdi.

Bu kabi sayyor qabullar natijasida murojaatlarimizning ijobiy yechim topishiga ishonamiz, – deydi fuqaro A.Ospanov. – Shu o‘rinda “Aydinjol” MFY hududidagi “Yelabat” va “Turkistan” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun toza ichimlik suvini yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shu kabi sayyor uchrashuvlar ko‘proq tashkil etilishi aholining muammolarini ijobiy hal etishda ko‘mak bermoqda.

Sayyor uchrashuv davomida tegishli mutasaddilar tomonidan barcha sohalar bo‘yicha aholining murojaatlari tinglandi va  deputatlik so‘rovnomalar yuborish orqali hal etishga kelishib olindi.

 B.NURJANOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

 Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+