Deputatlar qarorlarning Toshkent shahridagi ijrosini ko‘rib chiqdi

06.02.2018, 09:36

Deputatlar qarorlarning Toshkent shahridagi ijrosini ko‘rib chiqdi

Toshkent shahar hokimligida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari ijrosi bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. 

Xususan, davlatimiz rahbarining 2017-yil 31-yanvardagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan axborot berildi. Markaziy bankning Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili poytaxtimizdagi 2 ming 411 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektiga 55 milliard 566 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan. 

Shuningdek, tijorat banklari vakillari tomonidan xonadonlarga borib, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha qilingan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. 

Prezidentimizning 2016-yil 15-sentabrdagi “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan mazkur soha bo‘yicha Toshkent shahridagi amaliy ishlar sarhisob qilindi. Toshkent shahar iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, poytaxtimizda 151 ta korxona charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 2017 yilda 145 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent shahrida foydalanilmay turgan va qurilishi tugallanmagan davlat obyektlari xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov jarayonida aniqlangan bo‘sh turgan yirik obyektlar bo‘yicha kichik sanoat zonalari tashkil qilish uchun takliflar tayyorlandi. 

Yig‘ilishda Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi. 

O'zA

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1622
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+