To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Aybek Matchanov ko‘magida kam ta’minlangan oilalarga gaz ballonlari yetkazib berildi

06.02.2018, 10:53

To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Aybek Matchanov ko‘magida kam ta’minlangan oilalarga gaz ballonlari yetkazib berildi

To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Aybek Matchanov bilan Toshkent MFYda ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda mahalla aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar va duch kelayotgan muammolar yuzasidan deputatga murojaat qildi.

Xususan, hududda gaz bosimining pastligi, gaz ballonlarining yetishmasligi va kam ta’minlangan oilalarning qora mol olishi uchun imtiyozli kreditlar zarurligi aytib o‘tildi.

Uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar tegishli mutasaddilar yordamida o‘rganildi va shu kunning o‘zida Chimolgazta’minot tuman filiali bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarga gaz ballonlar yetkazib berildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan qora mol boqish istagida bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning ro‘yhatini tuzish va bankka taqdim qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.

– Hududni o‘rganish jarayonida eng ko‘p ko‘tarilgan muammo ekin maydonlari uchun suv keladigan ichki ariqlarning yo‘qligi masalasi bildirildi, – deydi tuman Kengashining apparat rahbari Yu.Matkarimov. – O‘n yildan buyon ariqlar yo‘qligi sababli suv kelmaganligi, ariqlar qazilishi zarurligi yuzasidan murojaat qilingan lekin, ushbu masala ijobiy yechim topmasdan qolib ketavergan. Mazkur masala deputat Aybek Matchanov yordami bilan tez orada o‘zining ijobiy yechimini topadigan bo‘ldi.

Aholi manfaatlarini himoya qilish va ularning roziligini olishdek hayrli ishda partiyaning deputatlik guruhi a’zolari hamisha xalq bilan hamnafas.      

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1362
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+