“Tomorqa - ertangi farovon kunning garovi”

17.07.2017, 17:07

“Tomorqa - ertangi farovon kunning garovi”

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saylovoldi dasturida qishloq xo‘jaligi sohasini yanada isloh qilish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Xususan, hal qiluvchi vazifa – yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekin maydonlarini kengaytirish, intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish, eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat va chorva mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, agrar xizmatlarni kengaytirish e’tibor markazidagi masala ekanligi qayd etilgan. Mazkur ustuvor vazifalarni bajarish orqali kafolatlangan barqaror hosildorlikni, butun agrosanoat kompleksini rivojlantirishga va eng muhimi, fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga va qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilashga erishiladi. Bu o‘z navbatida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi.

O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi mazkur vazifalarni hayotga tatbiq etishda mas’uliyatni his etgan holda joylarda soha rivojini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan Zangiota tumanidagi “Istiqlol olmalari” ma’suliyati cheklangan jamiyatining dala shiyponida “Tomorqa - ertangi farovon kunning garovi” mavzuida tashkil etilgan amaliy muloqot shular jumlasidandir.

Qayd etilganidek, yurtimizning shahar va qishloqlarida tomorqadan unumli foylanishga qaratilgan Davlat siyosatining keng targ‘ib qilinayotganligi natijasida, yilning to‘rt faslida ham arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirilishiga erishilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerdaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa bu boradagi ishlarni butunlay yangi pag‘onaga olib chiqmoqda.

—Darhaqiqat, bugun zamon har bir qarich yerdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan ishbilarmonnikidir, - deydi partiya tumani Kengashi apparat rahbari Dilafro‘z Ismoilova. —Tomorqasida xamyonbop mahsulotlar yetishtirayotgan ishbilarmonni hoh tadbirkor deng, hoh dehqon, u o‘z mehnati bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissasini ko‘shmoqda.

Bunday so‘z­lar­ning tagida ram­ziy ma’no bor edi. Chunki ser­quyosh o‘lka­mizning  tup­rog‘i nihoyatda sa­xo­vatli. Bu za­min­da o‘s­may­digan, unmay­di­gan ekin va giyoh­ning o‘zi yo‘q. De­mak, deh­qonning qadoq qo‘l­lari bilan yaratilayotgan yur­timiz ne’mat­lari bugun dunyo­ning ko‘plab xo­nadon­lariga ki­rib bora­yot­ganligi bor gap.

Zangiotaliklar o‘zining mehnatkashligi, sohibkor bog‘bonchiligi bilan nom qozongan. Tumanida jami 73 ming 474 ta aholi xonadoni mavjud bo‘lib, shundan 69 mingdan ziyodining tomorqasi bor. Aholi ekin maydonlarining 3 ming 527 gektariga sabzavot, 415 gektariga kartoshka, 100 gektariga poliz ekinlari ekilgan bo‘lib, 1 ming 308 gektarida esa mevali daraxtlar parvarish qilinmoqda.

Hududda dehqonchilik va chor­­vachilik, bog‘dorchilikning ha­disini olganlar ko‘p. Ayniqsa, bu borada "Hasanboy" MFY hudud­ida yashovchi aholining oldi­ga tushadigani yo‘q.

—Mahallamiz odamlari juda mehnatkash, har yili tomorqasidan 2-3 martagacha hosil olmasa, ko‘n­gil­lari tinchimaydi, -  deydi tadbirkor Turg'un Doltayev. —Xonadonlarga qarashli 116 gektar tomorqadan oli­na­yotgan mahsulot nafaqat o‘zlari­ning ehtiyojini qondiradi, balki ichki bozorni ham obod qila­­di. Avvallari asosan sabzavot yetishtirni yo‘lga qo‘ygan aholimiz endilikda 26 gektarga mevali daraxt, 11 gektariga tok ko‘chatlarini ekib mo‘l hosil olyaptilar. Biz ham tomorqamizdan unumli foydalanib, gul ko‘chatlarini yetishtiryapmiz. Daromadimizning asosiy manbai ham tomorqachilik hisoblanadi. O`zLiDeP tuman Kengashi tomonidan oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish, soliq imtiyozlari, bank kreditlaridan unumli foydalanish bo‘yicha berib borayotgan zaruriy ma’lumotlari faoliyatimizni yanada rivojlantirishda as qotmoqda.

Tadbir ishtirokchilari bilan mahallalar oralab borarkanmiz, ak­sa­­riyat hovlilarda tiklangan issiq­xo­nalarga ko‘zimiz tushdi. Biz Yoshlar ko‘chasidagi Furqat Abdullayev xonadoniga kirganimizda 10 sotix joyda zamonaviy issiqxona qurilganligiga guvoh bo‘ldik. U yerda pishib yetilgan sabzavotlar kishini bahri dilini yayratadi. Xonadon sohibining aytishicha, pomidor bodring hosili terib olingach bo‘shagan yerga karamning tezpishar nav­lari eki­ladi. Shunday qilib, Furqat Abdullayev bir yilda tomorqasidan uch marta hosil olarkan. Oila a’zolaridan tashqari 2 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minlagan ishbilarmon Furqat aka dehqonlarga urug‘ yetishtirib berishni ham yo‘lga qo‘ygan.

Tadbirda tomorqasidan ana shunday unumli foydalanayotgan tajribali tadbirkorlar, fermerlar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekib, qo‘shimcha daromad olayotganliklari, sarhil mahsulotlarini chetga eksport qilish barobarida iqtisodiyotimiz yuksalishiga katta hissa qo‘shayotganliklarini faxr bilan tilga olishdi va bo‘sh turgan tomorqasidan samarali foydalanmayotgan aholi vakillariga mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor, berilayotgan keng imkoniyatlar, ajratilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berishdi.

Aholi va tajribali fermerlar, tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkorlik vakillarining o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylangan mazkur tadbir so‘nggida bu kabi amaliy muloqotlarni boshqa tumanlarda xususan, tomorqachilikni rivojlantirish imkoni bo‘lsada undan unumli foydalanmayotgan hududlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.

Ortga qaytar ekanmiz, yozning jazirama kunlari bo‘lishiga qaramay yo‘l cheti­dagi xonadonlarning tomorqala­ri­da ish qizg‘in. Bekor turgan odamni deyarli uch­ratmaysiz. Ertangi kun­ning umidi bi­lan yashayotgan zangotalik mirish­korlar ona zamin sa­xovatiga, do­ril­amon kunlarga shuk­ronalik hissi bi­lan mehnat qilish­moqda.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1642
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мамадолимов Икромжон ЎзЛиДеП Олтиариқ туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-30 09:38:49

Қумлоқ ерни тупроққа айлантирган Лола Муротова каби фермерлар бор экан хаётимиз фаровон, дастурхонимиз тўкин-сочин бўлади.


Fikringizni qoldiring

+