Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati deputatlar nazoratida (FOTO)

06.02.2018, 16:40

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati deputatlar nazoratida (FOTO)

Kuni kecha O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.

Ta’kidlash kerak, o‘tgan yil “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida 76,9 mln. dollar bo‘lgan 15 ta loyiha ishga tushirilib, 917 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Yil yakuni bo‘yicha ishlab chiqirish hajmi 205,9 mlrd. so‘mni, eksport hajmi esa 4,1 mln. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga deputatlar Jizzax erkin iqtisodiy zonasini o‘rganish jarayonida 2018-2019 yillarda amalga oshiriladigan ishlar hamda ishlanayotgan investitsiya loyihalari bilan ham yaqindan tanishdilar. Xususan, qiymati 275,5 mln. dollar bo‘lgan 6 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarish binolarini qurilish va uskunalarni o‘rnatish ishlari boshlangani ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda mazkur erkin iqtisodiy zonada ma’muriy Kengash qarorlariga muvofiq, ishlab chiqilgan qiymati 18 mln. dollar bo‘lgan 3 ta istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha potensial investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonid Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida bugungi kunda ayrim muammolar ham mavjudligi aniqlandi. Xususan, elektr energiyasidagi uzilishlar, qurilayotgan ob’ektlardagi muammolar deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

                           A.ShAXAROV,

              O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining

     deputatlar  bilan ishlash guruhi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1933
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+