Yoshlar kasb-hunar egallamoqda

06.02.2018, 16:46

Yoshlar kasb-hunar egallamoqda

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tashabbusi bilan Jomboy qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishlari uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim rol o‘ynamoqda. 

Mazkur kollejda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni bo‘sh vaqtidan samarali foydalanish, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliyot markazi tashkil etilgan. Hozirda ushbu amaliyot markazida ko‘plab yoshlar kasbga yo‘naltirilmoqda.

Amaliyot markaziga o‘quvchi-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 20 ga yaqin zamonaviy tikuv mashinalari, pazandalik asboblari keltirilgan. O‘g‘il bolalarga duradgorlik, temirchilik, chilangarlik kasblarini puxta o‘rganish imkonini beradigan mehnat ta’limi ustaxonalari tashkil etildi. 

– Yoshlarni o‘quvchilik davridan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda bu muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi amaliyot markazi rahbari Nargiza Qarshiyeva. – Amaliyot markazida hozirda 60 ta o‘quvchilar tikuvchilik, chevarlik, milliy hunarmandlik va sartaroshlik, kosiblik, tunukasozlik kabi o‘nga yaqin kasb-hunar sirlarini o‘rganishmoqda.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari kollej hayoti, kollej kututbxonasida o‘tkaziladigan “Kitobim – oftobim” mashg‘ulotlarini kuzatishdi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, qobiliyat va qiziqishi asosida ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish borasidagi muhim vazifalar, bu borada hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2425
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+