Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlarida o‘tkazilgan O‘zLiDePning sayyor qabullarida 17 muammo o‘z yechimini topdi

06.02.2018, 17:02

Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlarida o‘tkazilgan O‘zLiDePning sayyor qabullarida 17 muammo o‘z yechimini topdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Xonqa va Ko‘shko‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Aholining dardini tinglash, ularning muammolariga yechim topish, xalq manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan sayyor qabulda 40 dan ortiq muammolar atroflicha o‘rganildi.

Qo‘shko‘pir tumanida O‘zLiDeP viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri A.Matnazarov,  O‘zLiDeP viloyat Kengashining deputatlar bilan ishlash sektori mudiri Q.Xamroyev, Qo‘shko‘pir tuman soliq inspeksiyasi, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi, yetakchi tijorat banklari va Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari F.Ro‘zmetov, Sh.Boltayev, G.Sultanovalar aholi tomonidan bildirilgan muammolarni o‘rganishdi.

Xonqa tumanida ham muammolarning ko‘pchiligi toza ichimlik suvi tanqisligi, transport, yer olish masalalari, ishsizlik muammosi va maktabgacha ta’lim muassasalari aholining talabiga javob bermasligi haqida bo‘ldi.

Xonqa tuman “Azizbek-Otabek” stoma servis xususiy korxonasi rahbari, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi N. Masharipova, Xalq deputatlari Xonqa tuman  Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi X.Sabirovlar mazkur muammolar deputatlik so‘rovlari yuborish orqali hal qilinishida amaliy yordam berishga tayyor ekanliklarini aytishdi.  

Sayyor qabullar davomida 17 ta murojaat shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Nilufar JABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+