To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Madinabonu universal sitrus” MChJda boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

06.02.2018, 17:26

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Madinabonu universal sitrus” MChJda boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi hamkorligida tumandagi “Madinabonu universal sitrus” MChJda “Qulay ishbilarmonlik muhiti – mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vaziflarni hayotga izchil tatbiq etishda tadbirkorlar ham faollik ko‘rsatishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

- Mamlakatimizda yaratilgan qulay biznes muhitidan foydalanib, ikki yil oldin ishlab chiqarish korxonamizni tashkil qildik, - deydi “Madinabonu universal sitrus” MChJ ish yurituvchisi Shuxrat Nuriddinov. Korxonamizda asosan kollej va maktab o‘quvchilari uchun buyurtma asosida maxsus formalar ishlab chiqariladi. Kundan-kunga mahsulotimizga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Joriy yilda ishlab chiqarish faoliyatimizni yanada kengaytirgan holda, maxsus ishchi kiyimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib,
20 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Davra suhbatida viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirgan holda ichki bozorlarimizni ta’minlash bilan bir qatorda chetga eksport qilish maqsadida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Namangan mahsulotlari” ko‘rgazma yarmakasini tashkil etish borasida vazifalar belgilab olindi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar “Madinabonu universal sitrus” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda korxonada partiyaning boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

     Ibroxim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan

ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1513
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+