Toshkent shahrida tugatilgan tadbirkorlik subyektlari qayta tiklanmoqda

04.04.2017, 17:26

Toshkent shahrida tugatilgan tadbirkorlik subyektlari qayta tiklanmoqda

Toshkent shahrida tugatilgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini o‘rganish hamda ular faoliyatini tiklashga amaliy ko‘maklashish, shuningdek endi ish faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning yo‘lida g‘ov bo‘layotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzuida ochiq muloqot  o‘tkazildi.

Dastlab, tumanlar kesimida tugatilgan va vaqtincha faoliyati to‘xtatilgan tadbirkorlik subyektlari, uning asosiy sabablari o‘rganildi. Unga ko‘ra, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan tadbirkorlik subyektlari asosan sanoat, qurilish, savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalariga tegishlidir.

Davra suhbatida tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashuvchi tashkilot vakillari qayd etishicha, Toshkent shahrida 2016-yilda 7 ming 492 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘z faoliyatini boshlashi evaziga ularning umumiy soni 56 ming 691 taga yetgan edi. Shundan 4 ming 285 tasi o‘z faoliyatini tugatgan. Mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyat yuritmasligi holatlari o‘rganilganda boshlang‘ich sarmoyaning, aylanma mablag‘larning yetishmasligi, ishlab-chiqarish homashyosining taqchilligi, kredit olish uchun garov mol-mulkining yo‘qligi va eng asosiysi, tadbirkorlarning soha­ga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan yetarli darajada xabardor emasliklari sabab bo‘lmoqda.

Mazkur masalalar yuzasidan kuzatuvlar olib borgan Toshkent shahar kengashidagi partiya deputatlik guhuhi va partiya faollarining qayd etishicha, joylarda qilingan amaliy ishlar natijasida tuman hokimliklari bilan hamkorlikda 52 ta tadbirkorlik sub’ektini qayta oyoqqa qo‘yishga erishildi.

—Joriy yilning boshida mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida o‘z biznesimni boshlagan edim, ammo bankdagi hisob raqamimizga o‘z vaqtida pul tushumlari amalga oshirilmaganligi bois faoliyatimiz tugatildi, - deydi “EuroGrandForniture” xususiy korxonasi rahbari Hasan Qobulov. — Partiya faollari va Yashnobod tuman hokimligida tashkil etilgan ishchi guruh ko‘magida faoliyatimiz yana qayta tiklandi. Hozirda bir nechta buyurtmalar olib, ishimizni davom ettiryapmiz. Kelgusida yaxshi niyatlar bilan boshlagan biznesimizni yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirganmiz.

Munozaralarda so‘z olgan Toshkent shahridagi tugatilgan va vaqtincha faoliyati to‘xtatilgan  tadbirkorlik subyektlari vakillari tijorat banklari va tadbirkorlikka xizmat qiluvchi boshqa barcha tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni to‘g‘ri va samarali tashkil etish muammolari hamda tayanch tarmoqlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tanqidiy fikr-mulohazalarini bildirib, bir nechta takliflarni o‘rtaga tashlashdi.

—2016-yilda maishiy xizmat sohasining xo‘jalik boshqaruvi yo‘nalishida tadbirkorligimni boshlash uchun tuman hokimligidan yer ajratib berilgan edi, - deydi “IMMONABONU” hususiy korxonasi rahbari Fotima Jo‘rayeva. —Ammo, qurilish ishlari uchun bankdan oladigan kredit shartlari bir oz og‘irligi tufayli foliyatimiz to‘xtab qoldi. Shunga qaramay o‘z mablag‘im hisobiga ishimni tiklash arafasidaman. Nasib bo‘lsa, 40 ta yangi ish o‘rinlarini yaratiladi. Tadbirkor sifatida murojaat qilmoqchidimki, yangi ish boshlayotgan bo‘lajak tadbirkorlarga kreditlar olishda yengillik va imtiyozlar yaratilsa, hujjatlashtirish ishlarini amalga oshirishda davlat tashkilotlari xodimlarining mas’uliyati oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Mazkur masalalar mutasaddi soha vakillari va deputatlar tomonidan ochiq muhokama etilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xulosa qilindiki, tadbirkorlar bilan samarali muloqotni ta’minlash vazifasi mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch bo‘lgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha bo‘g‘inlari va faollari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu sababli partiya avvalo o‘z elektorati bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar manfaatlarini ishonchli himoya qilishi, ularni o‘ylantirayotgan muammolarga befarq bo‘lmasdan, yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatishlari, kuchli deputatlik nazoratini o‘rnatishi zarur.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

FOTOLAVHALAR

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1708
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

исломқулова Умидахон Равшановна УзЛиДеР Фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллиги жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш бўлими мудири а 2018-09-21 13:57:51

Мухтарам Президентимизнинг “Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ҳар -бир фуқаронинг зиммасидаги масъулятни чуқур хис этишига катта туртки бўлади.


"Аёллар қаноти" Бухоро вилояти2018-08-18 12:37:11

2018 йил 26 июнда Президентимиз томонидан имзоланган "Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарори ўз вақтида қабул қилинди деб биламиз. Чунки вилоятимизнинг барча шаҳар ва туманларида яшаб келаётган фуқароларимиз томонидан учраб келаётган муаммолар ва норозиликларга чек қўйишга хизмат қилади.


Даврон Темиров Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-02 15:53:22

Ҳужжатда қайд этилишича, солиқ юкини изчиллик билан камайтириш, солиқ солиш тизимини соддалаштириш ва солиқ маъмуриятчилигини такомиллаштириш иқтисодиётни тезкор ривожлантириш ҳамда мамлакатнинг инвестициявий жозибадорлигини яхшилашнинг муҳим шартлари ҳисобланади. Афсуски, коррупция солиқ тизими учун ҳам бегона эмас. Шунинг учун ҳам қарорда мазкур масалага алоҳида эътибор қаратилган.Агар ҳаммамиз биргаликда ҳаракат қилсак,Президентимизнинг ушбу қарори солиқ тизимидаги коррупцияга тўла барҳам беради.


Асем Сиримбетова ҚР кенгаши ходими 2018-07-02 12:38:18

Давлатимиз раҳбарининг жорий йилнинг 26 июнь кунги "Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарорининг қабул қилиниши солиқ тизимидаги ишларни янада такомиллаштиришга, ушбу тизимда учраётган ноқулайликларнинг олдини олишда муҳим аҳамиятга эга.


Сабохат Бабаева Сирдарё вилоят Кенгаши "Аёллар бўлими"мудири2018-07-02 09:30:04

26 июнь куни Президентимизнинг “Давлат солиқ хизмати органлари фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори имзоланиши айни муддао бўлди. Халқимизнинг солиқ тизимида кўплаб норозиликларига ушбу қарор орқали барҳам беришга хизмат қилади


Fikringizni qoldiring

+