“Tadbirkorlik haftaligi”

15.11.2017, 17:33

“Tadbirkorlik haftaligi”

Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashlari hamkorligida “Tadbirkorlik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida “Zamonaviy fermer xo‘jaliklari – qishloq taraqqiyoti mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan qudratli ijtimoiy-siyosiy harakat” mavzusida amaliy muloqot tashkil etildi. Muloqotda Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari, partiya faollari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab  vohadagi ishbilarmonlar xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. Ilg‘or fermer va tadbirkor ayollar hamda yoshlar faoliyatida erishayotgan yutuq va tajribalari haqida to‘planganlarga so‘zlab berishdi. 

Tadbirda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin egallagan tadbirkorlik yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, tizim oldida turgan muammolarni chuqur tahlil qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.    

Tadbir so‘ngida xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni yanada yaxshilash borasida amaliy taklif va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.     

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ulugbek2018-07-02 23:58:12

Assalom alaykum men Mstaqil O'zbekiston Respublikasiga yuksalish uchun O‘zLiDeP o'z fikrlarini bildirish maqsadida rasmiy sahifangizni a'zo bo'lmoqchiman


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти2018-06-29 22:40:06

Биз Президентимиз Фармони билан тасдикланган "Yoshlar - kelajagimiz" Давлат дастурини самарали амалга оширилишида фаоллик курсатамиз. Лойихаларимизни дастурдан келиб чикиб янада кучайтирамиз. Мазкур дастурнинг сифатли бажарилиши учун шижоат билан мехнат киламиз.


Fikringizni qoldiring

+