O‘zLiDeP faoli, tadbirkor Raxmon Davlyatov tashabbusi bilan Angren shahrida kitob do‘koni ochildi

07.02.2018, 19:05

O‘zLiDeP faoli, tadbirkor Raxmon Davlyatov tashabbusi bilan Angren shahrida kitob do‘koni ochildi

Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyish  ijrosini ta’minlash, yoshlarni ona Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish borasida O‘zLiDeP hududiy Kengashlari tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zLiDeP Angren shahar Kengashi tomonidan kollej va maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirda shahar hududida bironta ham kitob do‘koni yo‘qligi to‘g‘risida masala ko‘tarilgan edi. Ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida partiyaning shahar Kengashi deputatlik guruhi a’zosi, “Orom non” xususiy korxonasi rahbari Raxmon Davlyatov shahar hududida “KITOB - BARAKA.UZ” kitob do‘koni ochishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Kuni kecha ushbu kitob do‘konning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yoshlarni yuksak ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyati va faolligini yanada oshirishda kitobning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlanib, bunda o‘zining munosib hissasini qo‘sha olgan partiya faoli - tadbirkor Raxmon Davlyatovga chuqur minnatdorchilik bildirildi hamda partiya viloyat Kengashining tashakkurnomasi topshirildi.

 Axror TUYCHIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

 matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+