O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Yakubov samarqandliklar bilan ochiq muloqot qilmoqda

08.02.2018, 14:56

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Yakubov samarqandliklar bilan ochiq muloqot qilmoqda

O‘zLiDeP mas’ul xodimlari va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolarining xalq bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Samarqand viloyati Jomboy tuman Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Yakubov ishtirok etdi.   

Sayyor qabulda 250 ga yaqin aholi ishtirok etib, ular tomonidan gaz va elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish, yo‘llarni kapital va joriy ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minoti, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yoshlarni ishga joylashtirish masalalari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar muhokama etildi, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif-tavsiyalar berildi.

Ayni paytda partiya mas’ul xodimlari Samarqand shahridagi “Farhod qo‘rg‘oni” aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilyapti.  

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+