“Nukus LED lighting”ning 20 nafar ishchisi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

08.02.2018, 15:47

“Nukus LED lighting”ning 20 nafar ishchisi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi tashabbusi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish va erkin faoliyatini yo‘lga ko‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Nukus LED lighting” MChJda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya Nukus shahar Kengashi apparat rahbari v.b Adilbek Jailganov tomonidan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

– Davlat Dasturida tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni  ikki yil muddatga to‘xtatish belgilanganining o‘ziyoq, biz tadbirkorlar uchun katta imtiyoz hisoblanadi, – deydi korxona rahbari Sultan Abdaliyev. – Ayniqsa, soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdagi imtiyozlarni joriy qilish nazarda tutilgani kelajakdagi faoliyatimiz uchun  rag‘bat bo‘ldi.

Tadbir yakunida “Nukus LED lighting” korxonasida boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi va 20 nafar ishchisiga O’zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+