Andijonda “Ayollar qanoti” faol

14.11.2017, 17:42

Andijonda “Ayollar qanoti” faol

O’zLiDeP Andijon, Baliqchi hamda Xo‘jaobod tuman Kengashlari “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari mazmun-mohiyati keng muhokama etildi.

– Viloyatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Yusupova. – Ayni vaqtda xotin-kizlar bandligini taminlash, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish muhim omildir. Shu bois partiyamiz tashabbusi bilan tumanimizda xotin-qizlarni kredit mablag‘lari bilan taminlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.  

Davra suhbatida tadbirkorlik subektlari va fermerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Umidaxon ISAYEVA,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 “Ayollar qanoti” bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1436
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-06 23:13:18

Муаммоларнинг ечимини топиш, мансабдор шахслар ҳисоботини эшитиш, маҳаллий бюджетини шакллантириш ва ижросини таъминлаш, жойларда қулай инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини яратиш ва бошқа долзарб масалалар устидан назорат ўрнатишда Халк депутатлари шахар, туман Кенгашлардаги партия депутатлик гурухи аьзоларини урни катта.


Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-06 23:13:16

Муаммоларнинг ечимини топиш, мансабдор шахслар ҳисоботини эшитиш, маҳаллий бюджетини шакллантириш ва ижросини таъминлаш, жойларда қулай инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини яратиш ва бошқа долзарб масалалар устидан назорат ўрнатишда Халк депутатлари шахар, туман Кенгашлардаги партия депутатлик гурухи аьзоларини урни катта.


Fikringizni qoldiring

+