Turizm xizmati – tadbirkorlarga yangi imkoniyatlarni ochmoqda

08.02.2018, 16:29

Turizm xizmati – tadbirkorlarga yangi  imkoniyatlarni ochmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi  o‘zinig boy ma’naviy-madaniy merosi, turli-tuman tarixiy-arxeologik ob’ektlari, qulay tabiiy-iqlim sharoiti va ko‘p tarmoqli ijtimoiy infratuzilmalariga ega ekanligi bilan turistlar e’tiborini qozonmoqda. Shu bois ham qisqa fursat davomida mamlakatimizda  turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Jumladan, turizm sohasidagi sub’ektlarga ahamiyatli tarzda soliq va bojxona imtiyozlar berish bo‘yicha O‘zbekistonning turizm salohiyatini kompleks ravishda rivojlantirishga yo‘naltirilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, ular o‘z navbatida turizm sohasidagi yangi islohotlarni amalga oshirish imkoniyatini tug‘dirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganligi hali bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator dolzarb vazifalar mavjudligini ko‘rsatdi.

Farmonga muvofiq  turistik xizmatlarni ichki va xalqaro sayyohlik bozorlariga taklif etish, turizm va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik ob’ektlarini obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatishning sifati va samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» tashkil etilganligi mamlakatning turistik, madaniy, tabiiy va sport salohiyatini targ‘ib qilish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Shuninigdek turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kredit liniyalarini ochishlishi muhim yangilik bo‘ldi. Bu orqali sayyohlik ob’ektlari hududida mehmonxonalar qurish, sayyolarni qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda yangi xizmat turlirini joriy etish imkoniyatini beradi.

Namangan viloyatimiz ham go‘zal va betakror iqlimi, so‘lim go‘shalari bilan respublikada o‘z mavqeiga ega hisoblanadi. Ushbu qaror qabul qilinganligi hududimizda turistik sohani yanada keng rivojlantirishga imkon yaratdi. Galdagi vazifamiz berilgan ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanib viloyatimizdagi mavjud sayyohlik ob’ektlarini obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatlarini yanada yaxshilash orqali viloyatimizga ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga erishamiz.

                  Muxammadjon Usmonov,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+