Sayyor qabulda soyotliklar o‘z muammolarini ochiqchasiga aytishdi

08.02.2018, 17:02

Sayyor qabulda soyotliklar o‘z muammolarini ochiqchasiga aytishdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan Xiva tuman Soyot mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ijobiy yechim topishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.    

Sayyor qabulda O‘zLiDeP  Xorazm viloyati va Xiva tuman Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, tuman hokimligi, Shimolgaztaminot unitar korxonasi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, Urganch mintaqalararo suv quvuridan foydalanish tuman bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi vakillari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

– Bu yil tumandagi mahallalar orasida Soyot mahallasida hech qanday jinoyat sodir qilinmagan, – deydi Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.Jumaniyazov. Shu sababli tumanda sinov tariqasida birinchi marta mazkur mahallani xavfsiz hududga aylantirishga qaror qildik. Bunda ushbu mahallada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning alohida hissasi bor va kelgusida ham mahallani xavfsiz huddudga aylantirishda shunday hamkorlik, birdamlik bo‘lishga chaqiraman.

Sayyor qabulda mahalla fuqarolaridan yangi maktab qurib berish, toza ichimlik suvi muammosi, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilindi. Mazkur ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish bo‘yicha partiya deputatlik guruhlari tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga vazifalar belgilab berildi.

Shuhrat ATAJONOV,

O‘zLiDeP  Xiva tuman Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+