Xo‘jaylida 68 loyiha doirasida 485 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

09.02.2018, 11:53

Xo‘jaylida 68 loyiha doirasida 485 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari 2018 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha tuman iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Imamatdin Kamalovning hisobotini tingladi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, “2017 yilda Xo‘jayli tumanini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga ko‘ra, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi (qoramolchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik) sohalarida umumiy qiymati 34 mlrd. 349,0 mln.so‘mlik 103 loyiha amalga oshirildi va 666 ta yangi ish o‘rni yaratilgan edi. Joriy yilda esa 61 mlrd. 30,0 mln.so‘mlik 68 loyiha amalga oshirilishi va natijada 485 yangi ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2018-2019-yilllarda xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan tuman qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi texnologiyalarni joriy etish xususan, baliqchilik va quyonchilikni rivojlantirish, qizilmiyani qayta ishlash, gidroponika usulidagi issiqxonalarni, muzlatkichli kameralarni qurish, intensiv bog‘ yaratish va meva-savzavotlarni qayta ishlash, chetdan nasldor mollarni yetishtirish texnikalarini olib kelish dasturlari ishlab chiqilgan. Dasturga muvofiq, 2018-2019 yillar davomida umumiy qiymati 28 mln. 701,0 ming AQSh dollarlik 22 loyihaning amalga oshirilishi natijasida 22,5 gektar maydonda issiqxona qurish, yiliga  1200 tonna quyon go‘shtini yetishtirish, chetdan 90 bosh qoramol  va 400 mingta tovuq boqish uchun xo‘jaliklar tashkil etish uchun  2 dona ekskavator  olib kelish rejalashtirilyapti. 106 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaligini tashkil etib, yiliga 550 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirish, yiliga 350 tonna qizilmiya ildizini qayta ishlash, 10 ming tonna meva-savzavot mahsulotlarini qayta ishlash liniyasini ishga tushirish hamda 100 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratish mo‘ljallangan.

Yig‘ilish yakunida deputatlar I.Kamalovning hisoboti bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+