O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pop tumanidagi 11 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi

09.02.2018, 12:05

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pop tumanidagi 11 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan hududlarda tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni partiyaviy mexanizmlar orqali hal etish va buning natijasida faol tadbirkorlar safini kengaytirishga ko‘maklashish maqsadida “Tadbirkorlikni yanada faollashtirish – jamiyat taraqqiyotining muhim omili” mavzusida o‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlarning navbatdagisi Pop tumanidagi “Fayz” fermer xo‘jaligida tashkil etildi.

Ochiq muloqot avvalida O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi mas’ullari va Pop tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tadbirda ishtirok etayotgan tumandagi yosh tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar hamda ish bilan band bo‘lmagan uyushmagan yoshlarga mamlakatimizda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini yanada taraqqiy ettirish maqsadida olib borilayotgan tizimli ishlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

Xususan, Yuksalish qishlog‘ida yashovchi Soliyeva Shaxnoza tikuvchilik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes loyihasini qo‘llab-quvvatlab, faoliyatini boshlash va samarali yo‘lga qo‘yishi uchun amaliy yordam kerakligi hamda yosh tadbirkor Boqijanov Farrux qurilish-pardozlash materillarini ishlab chiqarish sexi joylashgan bino bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammosi borligini bildirdi. Mazkur masala yuzasidan tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Tolibxon Abbosxonov tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritib, ijobiy hal etilishini bildirdi.

Bugungi kunda biz deputatlar saylovchilarimiz ishonchini oqlashimiz, buning uchun saylovoldi dasturimizda belgilagan vazifalarimizni bajarishimiz lozim, - dedi deputat Tolibxon Abbosxonov. Shu maqsadda saylov okrugimda birinchi navbatda aholi turmush farovonligini yaxshilash, ish bilan band bo‘lmagan aholi, ayniqsa uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda o‘z mablag‘im hisobidan yangi tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish va natijada 100 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirganman.

Tadbir davomida ishtirokchilar fermer xo‘jaligida tashkil etilgan tikuvchilik sexi va issiqxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Yana bir ahamiyatli jixati shundaki, tadbir natijasida tumandagi 11 nafar yoshlar “Fayz” fermer xo‘jaligi va unga qarashli tikuvchilik sexiga ishga qabul qilindi.

Tadbir so‘nggida Pop tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan “Namangan viloyatining 2018 yilgi mintaqaviy investitsiya dasturi”ga kiritilgan Pop tumanidagi 50 ta loyiha tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama amaliy ko‘mak berish hamda dastur ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil faoliyatini olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ibroxim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar

va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1817
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+