Toshkentda deputatlar aholi bilan ishlashning yangi mexanizmlarini qo‘llamoqda

09.02.2018, 16:42

Toshkentda deputatlar aholi bilan ishlashning yangi mexanizmlarini qo‘llamoqda

Toshkent shahridagi 29-Parvona va 30-Qo‘yliqota okruglaridan Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan saylangan Ilyosxon Azizov va Tohir Nurillayevlar o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla raislari, tuman IIB xodimlari, Mirobod tuman hokimyati mas’ul xodimlari va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Muloqotda deputatlar o‘z saylovoldi dasturlaridan kelib chiquvchi ish rejalari va vakolatlari to‘g‘risida aholiga batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, muloqot davomida deputatlar o‘z faoliyatini fuqarolar bilan uzliksiz olib borish uchun mahalla faollari orasidan deputatning yordamchilarini tayinlab olindi.

—Ilyosxon Azizov deputat sifatida ish boshlaganiga endigina 2 oy bo‘layotgan bo‘lsada aholi bilan ishlashda katta mas’uliyat bilan yondoshmoqda, - deydi deputatning yordamchisi Nilufar Masharipova. —Birgalikda aholidan kelayotgan murojaatlarni tizimli o‘rganib, ularni o‘z vaqtida hal etishga katta e’tibor qaratyapmiz. Bundan tashqari, deputatimiz aholi bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlaridan foydalanish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali ham fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga alohida urg‘u bermoqda. Qolaversa, bugungi kunda deputatning qabulxonasi ishga tushdi. Mahalla ahli bundan juda mamnun. Birgalikda okrugdagi muammolarni hal etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini ham bildirishmoqda.

Uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik kabi 20 dan ortiq masalalar ko‘rib chiqildi va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+