O‘zLiDeP deputati ko‘magida Kosonsoydagi 38-maktab hovlisi asfalt qilib berildi

09.02.2018, 18:13

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Kosonsoydagi 38-maktab hovlisi asfalt qilib berildi

Mamlakatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjetni ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb masalalar ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish lozimligini ta’kidlangan edi. Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya Kosonsoy tuman Kengashi apparati xodimlari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi muhandislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Hamida Ergasheva so‘z olib, deputatlar belgilangan reja asosida mutasaddi tashkilot va idora rahbarlarining hisobotlarini eshitib borayotgani, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzulmani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan dasturlarning ijrosini ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratishayotganini ta’kidladi. Yig‘ilishda Kosonsoy tumunidagi magistral va ichki yo‘llar holati yuzasidan tuman yo‘lardan foydalanish unitar korxonasi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi vakillarining hisobotlari tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yilda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy ta’mirlash, qishki qarov ishlari, xususan ichki mahalla yo‘llarini ta’mirlash, ichki yo‘llar qurish uchun jami 3 mlrd 105 mln 705 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Xumitxon Muydinxo‘jayev xududdagi 38-maktab hovlisini asfalt qilib berdi. 

– Tuman obodonlashtirish boshqarmasi ham o‘tgan yilda infratuzilma yo‘nalishi va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha 1 mlrd 190 mln so‘m mablag‘ sarfladi, – deydi boshqarmasi bosh muhandisi Saydullo Abdullayev. – Ushbu mablag‘ yevaziga tumanimizdagi Maxdumi A’zam, Sadiy Sheroziy,  O‘zbekiston, Soybo‘yi va Tagijar ko‘chalari obodonlashtirilib, tungi chiroqlar o‘rnatiladi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar hisobot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Yulduz YULDASHEVA,

                                                       O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+