O‘zLiDeP deputati so‘rovi bilan To‘raqo‘rg‘ondagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimi ta’mirlab berildi

12.02.2018, 18:31

O‘zLiDeP deputati so‘rovi bilan To‘raqo‘rg‘ondagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimi ta’mirlab berildi

Yurtboshimiz Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzalarida “Bugun zamonning o‘zi siyosiy partiyalarning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, ularning aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Endi “mudrab yotgan” siyosiy partiyalar uyg‘onishi lozim. Ular balandparvoz gaplarni chetga surib, aniq amaliy ishlar bilan odamlarimiz, saylovchilar ishonchini qozonishi, ularning qalbidan joy olishi kerak”, deya ta’kidlagan edilar.

Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhammadjon Usmanov To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Langarbobo mahallasi vakillari  bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

2017 yil dekabr oyida deputatga hududda yashovchi aholidan 18-sonli umumta’lim maktabida ichimlik suvi yo‘qligi va 14-maktabgacha ta’lim muassasasining qishki isitish tizimidagi mavjud nosozliklar bo‘yicha murojaat qelib tushgan edi. Ushbu murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli muttasaddi tashkilotlar ko‘magida joriy yilning 25 yanvar kuni ijobiy hal etildi.

– Fuqarolar uchun qulayliklar yaratish joylardagi muammolarni bartaraf etish bizning asosiy maqsadlarimizdan biri, – deydi Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhammadjon Usmanov. – Birgina Langarbobo mahallasida 3745 nafar aholi istiqomat qiladi. Shu kungacha hududdagi aholi bilan doimiy uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Viloyatimizdagi har bir hududda bu kabi uchrashuvlar doimiy tashkillashtirib borilishi natijasida ko‘plab muammolar o‘z vaqtida yechim topib saylovchilarning ishonchini oqlashga erishamiz.

                                                                                                    Yulduz YULDASHEVA,

                                                        O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+