O‘zLiDeP fraksiyasi bepul yuridik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ustida ishlayapti

13.02.2018, 12:12

O‘zLiDeP fraksiyasi bepul yuridik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ustida ishlayapti

O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumanida hududlardan videokonferensiya orqali bog‘langan tadbirkorlar ham o‘z savollari bilan faol ishtirok etmoqda. Qashqadaryolik tadbirkor Otabek Axtamov mutaxassislardan o‘z savoliga javob olgan faollarimizdan biri. 

– Demokratik davlatda sud-huquq tizimida, sud, tergov va nizolarni sudgacha hal etish jarayonlarida, adolatni tiklash va qaror toptirishda advokatura instituti alohida o‘rin tutadi, – deydi u. – Davlat Dasturida bu borada qanday vazifalar belgilangan va ular tabirkorlaga, ularning faoliyatini yengillashtirishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

– Davlat dasturi doirasida nizolarni sudgacha hal etish masalasiga alohida urg‘u berilgan, – deydi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Bafayev. – Bu odamlarimizni ortiqcha yugur-yugur va ovvoragarchiliklardan qutqaradi. Bundan tashqari, fraksiyamiz bilan tadbirkorlar uchun bepul yuridik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlayapmiz. Bu tadbirkorligini endi boshlayotgan yosh yigit-qizlarimiz faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    979
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+