Tadbirkorlik sub’ektlarini 2 yilgacha tekshirmaslik ta’qiqi qisqa muddatli tekshiruvlarga tegishli emas

13.02.2018, 13:12

Tadbirkorlik sub’ektlarini 2 yilgacha tekshirmaslik ta’qiqi qisqa muddatli tekshiruvlarga tegishli emas

Anjumanning ikkinchi qismi ham savol-javoblarga boy o‘tmoqda. Ayniqsa, markaziy studiya bilan bog‘lanayotgan hududlardagi tadbirkorlar dolzarb savollar bilan murojaat qilishmoqda.

– Prezidentimiz tomonidan 2 yil tekshirishlarga moratoriy e’lon qilindi, – deydi markaziy studiya bilan bog‘langan navoiylik tadbirkor Abdusalim Jalilov. – Ushbu moratoriy qisqa muddatli tekshirishlarga ham qo‘llaniladimi?

– Tadbirkorlik sub’ektlarini 2 yilgacha tekshirishga o‘rnatilgan ta’qiq qisqa muddatli tekshiruvlarga tegishli emas, – deydi Davlat Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ubaydulla Nuriddinov. – Chunki qisqa muddatli tekshirishlar tadbirkorlik sub’ektlarida to‘lov terminalari va kassa apparatlarini o‘rnatish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    962
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+