O‘zLiDeP banklar faoliyatini rivojlantirish va investitsion imkoniyatlarini mustahkamlash tarafdori

14.02.2018, 11:11

O‘zLiDeP banklar faoliyatini rivojlantirish va investitsion imkoniyatlarini mustahkamlash tarafdori

O‘zLiDeP Namangan viloyat va shahar Kengashi hamkorlikda  "Trastbank" viloyat filialida shu mavzuda davra suhbati tashkil etdi.

 Tadbirda O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari hamda partiya tomonidan tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish orqali aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan  ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishda bank-moliya tizimi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ayni shu maqsadda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash borasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida bank xizmatlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshiruvchi yangi bank xizmati turlarini, xususan “raqamli banklar”ni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Tadbir so‘nggida bank xodimlari tomonidan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari qo‘llab-quvvatlanib, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida partiya bilan doimo hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

Ibroxim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo'lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+