Uychilik 10 nafar uyushmagan yoshlarga “Taekvan-do” sport klubida shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi

14.02.2018, 15:22

 Uychilik 10 nafar uyushmagan yoshlarga “Taekvan-do”  sport klubida shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarni ma’nan yetuk, sog‘lom va albatta yurtimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘sha oladigan shaxs sifatida kamol topishida barchamiz birdek mas’ulmiz.

O‘zLiDeP Uychi tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan  "Yoshlari sog‘lom yurtning - kelajagi buyukdir" mavzusidagi davra suhbati ham ayni shu maqsadda tashkil etildi. Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga katta etibor qaratilayotgani, ularni har tomonlama sog‘lom va barkomol  bo‘lib voyaga yetishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilayotgani ta’kidlandi.

- Bugun  nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka hududlarda ham  sport komplekslari barpo etilmoqda, - deydi Uychi tumanidagi “Taekvan-do” sport klubi rahbari Azamat Qozoqov. - Bugungi kunda tumanimizda ham yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun joylarda sport klublari kundan kunga ko‘payib bormoqda. Xususan,  bizning klubimizda hozirgi kunda 40 dan ortiq yoshlar sportning taekvan-do turi bo‘yicha shug‘ullanib kelishmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar yoshlarni sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari bilan bir qatorda jahon maydonida yurtimiz sharafini himoya qilishlariga ham xizmat qilayotgani e’tirof etildi. Yoshlar o‘rtasida bu kabi tadbirlar doimiy tashkillashtirib borilishi kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida Uychi tumanidagi Soku va G‘ayrat mahallalarida yashovchi 10 nafar uyushmagan yoshlar “Taekvan-do” sport klubida  shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratildi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+