Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

14.02.2018, 15:33

Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq yig‘iluvchanligi va budjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-budjet siyosatini yanada takomillashtirish, budjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida Prezidentimizning “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishda soliq to‘lovchilar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi, soliq qarzlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirish, soliq nazoratining zamonaviy shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berilgan.  

Farmonga ko‘ra, soliq nazoratining xorijda keng qo‘llanayotgan ilg‘or va sinalgan shakl hamda usullarini joriy etish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilar huquqlari himoyasini izchil ta’minlash borasidagi islohotlar, ayniqsa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning umumiy soliq yukini pasaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sohasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, resurslardan oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlash, samarasiz soliq va yig‘imlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar Elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlar uchun  ayni muddao bo‘lmoqda.   

– Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hukumatimiz tomonidan ko‘plab qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda, – deydi To‘raqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirzali Isomiddinov. – Aynan tadbirkorlarga biznesning o‘rta muddatli istiqbolda rivojlanishini asosli ravishda prognoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun soliq tizimining barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ham tadbirkolrlarga yaratilgan yana bir qulaylikning namunasidir.

Hulosa qilib aytganda, soliq-budjet siyosatini yanada takomillashtirish aholi va tadbirkorlar  manfaatlarini himoya qilish bilan bar qatorda, budjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirishga hizmat qiladi.

Yulduz YULDASHEVA,

                                               O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+