O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi

23.02.2018, 14:46

O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi

Bu haqda Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchturgan, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg‘ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo‘l o‘tkazish punktining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara posti tashkil etiladi.

Bundan tashqari, o‘tkazish punktlariga tutash avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy standartlarga mos yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilanmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 2018 yil 1 martgacha O‘zbekiston hududi doirasida G‘alaba – Xoshadiy temir yo‘l uchastkasi rekonstruksiya qilinishini ta’minlash va o‘tkazish punktida zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2736
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Hoshimov Omadbek 2018-04-27 11:21:47

Shahar markazlaridan uzoqda bo'lgan qishloqlarni o'rganib chiqish kerak. Aholi orasida ishsiz insonlarni ish bilan bant qilish kerak.


Hoshimov Omadbek 2018-04-27 11:21:46

Shahar markazlaridan uzoqda bo'lgan qishloqlarni o'rganib chiqish kerak. Aholi orasida ishsiz insonlarni ish bilan bant qilish kerak.


Fikringizni qoldiring

+