Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

23.02.2018, 16:44

Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligida Aholi bandligini ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur hujjat tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun aholiga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratish tartibini belgilab berdi.

Xususan, unga ko‘ra tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so‘mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Nizomda qayd etilishicha Banklar ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini (garov, kafil, sug‘urta polisi) talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega. Bunda bank qarz oluvchi tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarini sug‘urta qilishi shart.

Mikrokreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ular tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun ajratiladi.

Mikrokreditlar pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. Shu bilan birga maqsaddan kelib chiqqan holda mikrokredit summasining 30 foizi miqdoridagi qismi naqd pul ko‘rinishida berilishi mumkin.

Hujjatning to‘liq matni bilan Lex.uz orqali tanishish mumkin.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акмаль2018-07-06 09:51:37

Ассалому алекум хозир марказий банкга телефон килган едим ахоли бантлиги кредити тугрисида. Бу кредит факат андижон вилояти учун деб айтишди. Нимага сизларнинг сайтингизда бу нарса тугрисида ёзилмаган?


Fikringizni qoldiring

+