Sergey Lavrov: “O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi ikki davlat munosabatlarida burilish yasadi”

26.02.2018, 14:33

Sergey Lavrov: “O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi ikki davlat munosabatlarida burilish yasadi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil Rossiyaga amalga oshirgan tashrifi ikki mamlakat munosabatlarini yanada chuqurlashtirishda burilish yasadi. 

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil aprel oyida Rossiyaga amalga oshirgan tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda burilish yasadi” — deydi S. Lavrov. 

Muhokamalar chog‘ida S. Lavrov Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot, shuningdek, diplomatik idoralar liniyasi bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarini yuqori baholashini qayd etdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2018-2019 yilga mo‘ljallangan konsultatsiyalar rejasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+