Fermerga Prezident avtomashina sovg‘a qildi

Fermerga Prezident avtomashina sovg‘a qildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Musurmon ota” fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova samarali va fidokorona mehnati uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz sovg‘asi – “Nexia-3” avtomashinasi bilan taqdirlandi. 

Kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998-yilda farzandlarini yoniga olib paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda. 
 
Opa el-yurtning manfaatini ko‘zlab ishlaydigan fidoyi insonlardan. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘zining burchi, deb bilishi bilan ko‘pchilikning hurmatini qozongan. 

– Mening, jamoamning yurt farovonligiga qo‘shayotgan kichik ulushini katta baholagani uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman, – deydi Subiniso opa. – Bu yuksak ishonch va e’tiborni g‘ayrat bilan mehnat qilib, elimiz dasturxonini to‘kin qilishga yanada ko‘proq hissa qo‘shish bilan oqlashga harakat qilamiz. 
 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 
  • Ko'rildi
    1072
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+