Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi Bitimning qo‘llanishi yuzasidan izohi

13.03.2018, 09:23

Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi Bitimning qo‘llanishi yuzasidan izohi

2018-yilning 9-10-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilishlari mumkin.

Ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Manba

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+