“Asian Development Bank” yiliga 97 ming dollar maoshlik ish taklif etmoqda

14.03.2018, 16:06

“Asian Development Bank” yiliga 97 ming dollar maoshlik ish taklif etmoqda

“Asian Development Bank”ga a’zo bo‘lgan 67 ta davlatlarning birida iqtisod, moliya, biznes boshqaruvi, muhandislik, atrof-muhit, huquq, ijtimoiy fanlar, ommaviy siyosat va ADBda mavjud boshqa sohalarga oid kamida bakalavrlik diplomiga ega bo‘lganlarni ish va amaliyotga taklif etadi.

“Asian Development Bank”ning “Young Professionals Program” dasturi yoshlarni 3 yillik haq to‘lanadigan amaliyot (ish)ga taklif etadi. Bunda nomzod 3 yil davomida ADBning ofislari va joylardagi filiallaridan birida faoliyat yuritadi. Keyinchalik ADBda doimiy xodim sifatida qolish mumkin.

ADB nomzodlarni ishlaydigan hududidan kelib chiqiqb, yaxshi oylik maosh va turli iqtisodiy to‘lovlar bilan ta’minlaydi. Nomzodning oyligi uning tajribasi va salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Odatda oylik yiliga 80 ming dollardan 97 ming dollargacha belgilanadi.

Hujjatlar 2018-yilning 31-martiga qadar qabul qilinadi.

Nomzodga qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod iqtisod, Moliya, Biznes boshqaruvi, muhandislik, atrof-muhit, huquq, ijtimoiy fanlar, ommaviy siyosat va ADBda mavjud boshqa sohalarga oid kamida bakalavrlik diplomiga ega bo‘lishi kerak;
  • Quyidagi sohalardan birida kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak: macro or development economics, climate change, commercial/investment banking or corporate investment, education, energy, environment, financial sector, public health, public-private partnership, rural development, transport, urban planning, water operations, and agriculture and natural resources.
  • Nomzod ADBga a’zo davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi kerak (O‘zbekiston ham a’zo) To‘liq ro‘yxat 
  •  Nomzodning yozma va og‘zaki ingliz tilisi yaxshi bo‘lishi hamda bu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
  • Turli millatlar va turli madaniy kelib chiqishga ega bo‘lganlar bilan bemalol ishlay olishi kerak;
  • ADBda ishlaydigan qarindoshi bo‘lmasligi kerak;
  • ADBda faoliyat boshlayotganda 32 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak;
  • Xalqaro tajribaga ega bo‘lganlik nomzodga qo‘shimcha imtiyoz berishi mumkin.

ADBda ishlovchi xodimlarning raqobatbardoshliligini belgilashda hisobga olinadigan jihatlar bilan ShU ERDA batafsil tanishing.

ADB nomzodlarning millati, jinsi, kelib chiqishi, dini, jismoniy nuqsonlari va boshqa sifatlariga qarab saralamaydi. Ushbu dasturga hamma topshirishi mumkin. Ayol nomzodlarning topshirishi qo‘llab-quvvatlanadi.

Dasturga arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizani quyidagi manzilda to‘ldiring: https://aces.adb.org/?job=180093

Manba

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+