Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda

17.03.2018, 09:28

Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda

2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
Mazkur Nizom bilan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisning vazifalari belgilandi.

Xususan:

  • xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash;
  • yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
  • xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
  • mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, xunarmandchilikka keng jalb etish;
  • oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy madaniyatini oshirish;
  • oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish amaliy ishlarni amalga oshiradi.

Mutaxassis lavozimi oilalar soni 2000 gacha bo‘lgan fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan joriy etiladi.

Mutaxassis mehnatiga Yagona tarif setkasining 7-razryadi bo‘yicha haq to‘lanadi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+