2018 yil 1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi

24.03.2018, 10:03

2018 yil 1 apreldan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi

Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qilmoqda.

Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra 2018 yil 1 iyuldan tijorat banklari:

dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;

mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;

kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi zarur.

Markaziy bankga:

a) 2018 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etish;

xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazishni ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etish;

b) 2018 yil 1 iyulga qadar tranzaksiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi milliy chakana to‘lov tizimini tuzish va rivojlantirish;

qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;

v) 2018 yil 1 noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlash vazifasi yuklanmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy bank endilikda bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratadi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+