Sudlarning turlari, sudlarga murojaat shakllari va murojaatlarni qo‘rib chiqish muddatlari

28.03.2018, 14:40

Sudlarning turlari, sudlarga murojaat shakllari va murojaatlarni qo‘rib chiqish muddatlari

O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar, shuningdek hakamlik sudlari faoliyat ko‘rsatadi.

Sudlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qiladi.

Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:

birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;

ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.

Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, iqtisodiy sudlarda Iqtisodiy protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    11666
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Nargiza2020-08-07 16:35:00

Assalomu aleykum.Men Buxoro shahridanman . Buxoro shahar tumanlararo fuqarolik sudi haqida o"z fikr mulohazalarimmi bildirmoqchiman.Mening erim 6 yil oldim olamdan o"tganlar,yurak xastaligi bilan. 7oylik farzand bilan qolganman.Erimning nomlarida uy-joy va do'kon bor.Qaynotam va qaynonam mana shu 6 yildan beri mani aldalab kelishadi,ana erta va yana ertaga ulushingizni beramiz deb,na shu merosdan yashash va foydalanishga qo'yishmaydi.Hozirgi kunda ota-onam akam va kelinoyim bilan yashaymiz. Hozirgi ahvolim biroz yaxshi emas.Ota-onam , akam va kelimoyimlardan ming bora roziman. Farzand o'stirishning o"zi bo'lmaydi.Shu yil yanvar oyida qaynotamdan ulushimizni berishini so'radim, agar bermasalar qonuniy chora ko'rishimni aytdim.Qaynotam menga javobam ovsinim bilan bo"lgan 8ta sudni yutganini peshvoz qildi, hech nima ololmasligimni ham bir necha marotaba ta'kidlab o"tdi.Men esa bu safar uning gaplariga e'tibor bermadim, chunki davlat organlarida ishlaydiganlar, sudyalar adolatli deb o'ylagandim.Shunga ishonib va o'zimni ishontirib ishimni boshladim.UY-joy va do'konning asl nusxasi mamda mavjud emasligi sababli Advakat yolladim kadastdan nusxasini olish uchun.Azizani birga borib topshirdik, yarim soat o'tar-o'tmas qaynotam manga telefon qilib hech nima qilolmasligimni , va hech nima olomasligimni aytdi.Men esa adolat borligiga ishonardim.Kadastr nusxalarini 2 hafta ichida oldim va notariusga murojaat qildim.Hech qaysi notarius menga yordam berishni xoxlashmadi.Hattoki hujjatim bilan ham tanishishmadi.Oxirgi borgan 1-sonli notarius menga kelishuv asosida yana bir marotaba qaynotam bilan gaplashishimni aytdi va agar yana kelishuv qilolmasak keyin qaytib murojaat qilishimni aytdi.Uyga keldim 1 soat bo'lmasdan qaynotam menga telefon qilib notariusga murojaat qilgan haqida manga shama qildi.Bundan hayratga tushdim , nahotni qonundan ustun pul, tanish-bilish 1-o'rinda tursa.Qaynotam biznikida kelib, oila a'zolarimni mensimadi, ularning ,nafsoniyatiga tegdi.Va menga bosim o'tkazishni davom eta, ishni to'xtatmasam o'zimga yomon bo"lishini bir necha bor aytdi.Shunga qaramasdan olg"a yurishga qaror qildim.Qaytib 1-sonli notariusga murojaat qildim.Menga bir hafta oldin yordam beraman degan notarius, bu ishni qabul qilmasligini, boshqa notariusga borishimni aytib xonadan chiqib ketdi.Shu payt mani holatimni ko'rganingizda edi.Adolat qani deb baqirgim kelardi.Zinadan tushishda pastdagi etajda bosh notarius degan tablitsaga ko'zim tushdi.Shu xonadagi notarius balki manga yordam berar degan fikr xayol meni shu xonaga kirishga undadi.Xonaga kirdim va hujjatlarimni stol ustiga qo'yib manga yordom berishini so"rab iltimos qildim.Bosh notarius hujjatlarim bilan tanishib chiqdi va menga yagona darchaga , gazetaga, televidinyaga murojaat qilishimni aytdi.Men hamma aytganlarini qildim va hujjatlarimni olib kelib ko'rsatdim.Va yana pochta orqali qaynotam va qaynomamga xat yuborishim kerakligini notariusga kelishlari haqida aytishdi.O'zim ham shu sanada kelishim haqida aytishdi.Afsuski qaynotam va qaynonam kelmadilar.Shu sababli ariza yozishim kerakligi haqida aytishdi va arizamga javoban Buxoro shahar tumanlararo Fuqarolik sudiga murojaat qilishim uchun menga hujjat berishdi, menga faqatgina sud organlari yordam bera olishi haqida aytishdi.1-iyun hujjatlarimni Buxoro shahar tumanlararo Fuqarolik sudiga hujjaylarimni topshirdim.7-iyulda 1-protses bo'lib o"tdi va 20-iyulda 2-protses bo'lishi aytildi sudya tomonidan.13-iyulda advakatim sud qoldirilganligini aytdi.Buni aniqlash uchun sud binosiga bordim.Odamlar navbatda turishardi.Pastagi navbatchi millitsiya xodimidan protsess to'xtatilmaganli, faqatgina yangi arizalar qabul qilinmayotganli haqida bilib oldim. Va advakatimga telefon qildim hech qanday sud qoldirilmaganligi haqida aytdim , advakat esa unga shunday aytganlari yana bir bor ta'kidlab aytdi.Men bunga javoban hozir sud binosida ekanligimni aytdim va protseslar ko'rilayotganini aytdim.15 daqiqadan keyin advakatim telefon qilib ha meni ishim ko'rilishi haqida aytdi.Nimaga advakatim menga noto'g'ri ma'lumot bergani menga sir... 17-iyulda sudga yana telefon qildim , aniqlashtirish uchun telefon qildim va prptsesslar ko'rilayotganligi aytildi. 20-iyul 10:00 menga advakatim telefon qildi va protses qoldirilganligini aytdi.Advakatimga ishonmadim va sud binosiga bordim.Sud xodimlari sudning(Baxromov.A) bugun kelmaganligi haqida aytishdi. Keyingi protsesni my.sud.uz saytidan yoki sud xodimlari tomonidan e'lon qilinishi aytildi.29-iyulda my.sud.uz sayti orqali 4-avgustda soat 00:00da sud protsesi qo'yilganligini ko'rdim. Protses qo'yilganligini advakatimga telefon qilib aytdim, advakat esa sud kotibi Dilshodadan so'rash kerakligini aytdi. Sud kotibi Dilshodaga telefon qildim protses bo'yicha so'radim. 3-avgustda anig'ini aytishini aytdi.Undan bu jadvalda my.sud.uz da aniq ko'rsatilmaydimi deb so'radim va savolimga javob berishga majbur emasman degan javobni oldim.Bu qanday adolatsizlik bo'ldi oddiy savolga ham javob ololmasam.3-avgustda yana sud kotibiga Dilshodaga telefon qildim,protses 4-avgust soat 00:00 bo'lishi aniqlashti moqchi bo'ldim.Bunga javoban sud Baxromov A tashqariga chiqqani kelsa so'rab berishini aytdi.Nahotki,sud protseslar jadvali bo'lmasa ,nahotki sud kotibi jadvaldan ko'rib berolmasa,sud protseslari 1 kun qolganda bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadimi.Bu nima degan gap sud protseslarini tekshiradigan odam yo'qmi? Prezidentimiz sud organlariga ishonib , ularga insonlarni hayotini taqdirini ishonib sud xodimi degan unvonni berganlar.Hamma ham sud organida ishla olarkan, lekin hamma ham adolatli sudya bo'lolmaskan.Adolatsizlikka chidolmay Prakuratura organlariga, Adliya vazirligiga, inson huquqlarini himoya qiladigan organlarga murojaat qildim .Lekin hech qanday davlat organlari menga yordam bera olmasligini aytdi.Bu organ bu organga, unisi unisiga telefon qilishimni aytdi.Bir davlat organida ishlaydogan xodim menga manabu raqamga telefon 652213855 qilishimni aytdi, bu odam menga yordam bera olishini aytdi.Men shu raqamga qo'ng'iroq qildim, men bilan bo'layotgan adolatsizliklarni hammasini aytdim.5minutda aniqlash- tirib aytishini aytdi.5daqiqadan keyin menga qaytib qo'ng'iroq qildilar va 4-avgustda protses aniq bo'lmasligini aytdilar, sudya Baxromov.A aytishicha kadastr hujjatlarini javobi kelmaganligini va 10 yoki 11-avgustga aniq sud protsesi bo'lishini aytdilar. Va yana biror-bir savolim bo'lsa bemalol murojaat qilishimni aytdilar.Shu onda O'zbekistonda adolat borligiga yana ishona boshladim.Ishonchim ko'pga cho'zilmadi kechqurun soat 19:10 da advakat telefon qilib ertaga sud binosiga borib, qandaydir hujjatlarni notarius va kadastrga olib borishim haqida aytdi.Qanaqa hujjat deb so'rasam hujjat haqida hech qanday ma'lumotga ega emasligini aytdi.Men hujjat nima ekanligini bilish uchun sud binosiga qo'ng'iroq qildim.Lekin hech kim javob bermadi.652213855 raqamiga yana qo'ngiroq qildim , hammasini aytdim va hujjatlar allaqachon topshirilgan ekanligini aytganliklarini, aynan mening hujjatlarimga 1 oydan beri javob kelmayotganligini va mening ishim aynan ko'rilmayotganligi yana bir bor aytdim.Nima qilishim kerakligim so'radim.Birozdan keyin aniqlashtirib aytishlarini aytdilar.Mening esam kutishdan boshqa choram yo'q edi.1soat 2soat 3soat o"tdi, chidolmadim yana 652213855 raqamiga telefon qildim.Hech kim javob bermadi.Keyin sud binosiga yana qo'ng'iroq qildim, hech kim javob bermadi.pastdagi navbatchilik xonasiga qo'ng'iroq qildim va sud kotibi Dilshoda bilan bog'lana olmayotganimni aytdim.Yordam berishlarini so'radim.Va oxir oqibat bog'landim sud kotibi Dilshoda bilan, undan hujjatni nimaga endi olib borish kerakligini aytayotganliklarini , 1-pratses 1 oy oldin bo'lganligi , yana 2ta pratses qoldirilganligini , hujjat hali ham kerakli organlarga topshirilmagan bo'lsa, nima uchun 3ta protses qoyilib yana bekor qilinganligi haqida so"radim , bu savolimga ham javob berishga majbur emasman degan javobni oldin.Ish bo'yicha savol berishga haqim yo'qmi?Bu oddiy fuqaro,o'qituvchi, beva ayol bo'lganligim uchunmi?Nahotki oddiy fuqaro, beva ayollar shunchalik xor qilinsa.Aybim beva ayol ekanligimmi? Yoki qaynotam puldor,tanish bilishi ko'p bo'lganimi? Yana necha oy kutishim kerak sud pratsesini.Adolat qani? Sizdan yordam kutib murojaat qilmoqdaman. Raupova Nargiza Baxodirovna +998905125128


Fikringizni qoldiring

+