“Materialni sahifadan olib tashla...” Endi jurnalistga bunday tahdidlar bo‘lmaydi!

29.03.2018, 16:54

“Materialni sahifadan olib tashla...” Endi jurnalistga bunday tahdidlar bo‘lmaydi!

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor mustahkamlanmoqda.

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi. 

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Unda jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorlar aks etgan. 

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda o‘z ifodasini topgan. 

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emasligiga oid me’yor qonundan o‘rin olgan. 

Jurnalistning davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lishi, jurnalistlik sirini oshkor etmasligi, jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishiga oid me’yorlar ham qonunga kiritilmoqda. 

Jurnalistni akkreditatsiya qilish masalasi ham qonundan o‘rin olmoqda. 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 
  • Ko'rildi
    1286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+