Shavkat Mirziyoyev: Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak

07.04.2018, 12:16

Shavkat Mirziyoyev: Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. 

“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak” dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Davlatimiz rahbari mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladigan tizim qilish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Olimlar davlatimiz rahbarining kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma’naviy rag‘bat bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Prezidentimiz ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Teglar
Kun mavzusi
  • Ko'rildi
    3428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+