Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi

20.04.2018, 19:34

Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi

Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.

Umumiy qiymati 1,7 milliard dollar bo‘lgan ushbu quvvatlar Xitoy, Yaponiya va Shveysariya bilan hamkorlikda barpo etilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonalar qurilishining borishi bilan tanishdi.

Birinchi loyiha Xitoyning "China CAMC Engineering CO. Ltd" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. U mamlakatimiz kimyo sanoati uchun yangi turdagi mahsulotlar – 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqarish imkonini beradi. Ushbu majmua ishga tushirilgach, 900 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Heavy Industries Ltd.» kompaniyalari bilan hamkorlikdagi ikkinchi loyiha doirasida eskirgan, ko‘p energiya talab qiladigan uskunalarni zamonaviysiga almashtiriladi. Majmuada yiliga 660 ming tonna ammiak va qariyb 580 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Bugungi kunda bu yerda zamonaviy texnikalar jalb etilgan holda 40 ta asosiy ob’ekt qurilishi davom etmoqda.

Shveysariyaning «CASALE SA» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan uchinchi majmua 500 ming tonna xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Davlatimiz rahbari loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi. Belgilangan reja va vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, energiya tejamkor va mahsuldor texnologiyalarni qo‘llash orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, kimyo tarmog‘i korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev chet ellik quruvchi va muhandislar bilan muloqot qildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Kun mavzusi
  • Ko'rildi
    1703
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хислат Зайниддинов2018-04-20 15:32:47

Ушбу корхонанинг қурилиши бошлангач, қурилиш ташкилотчилари ва ишчи ходимлари билан тадбир ўтказганмиз. Кўпчилигини партиямиз сафига қабул қилганмиз. Аҳил, меҳнатсевар, ажойиб жамоа. Улкан қурилиш амалга оширилмоқда. Менимча корхона ўз вақтида фойдаланишга топширилади.


Fikringizni qoldiring

+