Ekspert O‘zbekiston Prezidenti AQShga nima uchun borayotganini izohladi

10.05.2018, 14:34

Ekspert O‘zbekiston Prezidenti AQShga nima uchun borayotganini izohladi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.

Toshkentdagi “Ma’no” tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashevning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti investitsiyalar, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalarini hal etish va mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishish uchun AQSHga bormoqda.

Mazkur rasmiy tashrif chog‘ida Oq uy ma’muriyati bilan keng ko‘lamdagi masalalar muhokama qilinadi. 

“AQSH – bu investitsiyalar, mintaqaviy muammolarni yechishda hamkorlikdir. Binobarin, mintaqaviy xavfsizlik, mintaqadagi mamlakatlar taraqqiyoti, o‘sish va iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlash masalalariga yechim topishni xohlayotgan O‘zbekiston uchun AQSH bilan sheriklik juda muhimdir. Prezident AQSHga mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha javoblar olish va kelishish uchun ketmoqda”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning tashqi siyosati, ayniqsa, mintaqaviy kesimda, juda dolzarb va yanada mantiqan davom ettirilishi lozim.

“Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha juda jiddiy konferensiya tashkil etildi va uning o‘tkazilishida AQSH asosiy hamkorlardan biri bo‘ldi. Lekin endi keyingi pog‘onaga o‘tish, so‘ngra masalalarni hal etish kerak. Siyosiy xarakterga ega ushbu maqsadlar va xavfsizlik, iqtisodiyot va investitsiya masalalarining barchasi muhokama qilinadi. O‘ylashimcha, u yerda juda yaxshi ijobiy natijalarga erishiladi. Tomonlar bunga tayyor”, — deydi ekspert.

Ikki davlat rahbari ilk bor 2017 yil may oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammiti hamda shu yilning sentyabr oyida Nyu-York shahrida ko‘rishishgan edi. Mazkur uchrashuvlar siyosat va xavfsizlik, savdo, sarmoya, moliya, texnologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro aloqalarni sezilarli faollashtirishga xizmat qildi.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil aprel oyi boshida O‘zbekistonning asosiy xorijiy hamkorlari bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatga belgilangan ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston tomoni AQSH bilan harbiy-texnika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, fan-texnika, shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish masalalari yo‘nalishidagi muloqotni faollashtirishni maqsad qilgan. Xususan, o‘zaro investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va muhofaza qilish hamda ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘zaro bitimni tuzish yo‘lidagi ishlar davom ettiriladi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Умаров Кармана туман аппарат раҳбари2018-05-11 18:13:01

Стратегик давлатлар билан яхши алоқаларни ўрнатиш икки давлат учун фойдали.Тез сурьатлар билан ривожланаётган ўзбекистон учун АҚШ муҳим рол ўйнайди.


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-11 11:24:49

Шавкат Мирзиёев томонидан жорий йил апрель ойи бошида тадиқланган Ўзбекистоннинг асосий хорижий ҳамкорлари билан ташқи сиёсий ва ташқи иқтисодий ҳамкорликни ривожлантириш бўйича ўрта муддатга белгиланган устувор йўналишлари мамлакатимизни бутун дунёда ўз ўрнини белгилаб беришига ишонамиз


Zebiniso Saparova Surxondaryo viloyati2018-05-11 10:59:07

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трампнинг учрашуви ўз мамлакатлари ўртасидаги икки томонлама стратегик ҳамкорликда янги босқични бошлаб бериши кутилмокда.


Тиллаева Адолат Урганч туман Саноат транспорт касб хунар коллежи БПТ аъзоси 2018-05-10 17:56:08

Шавкат Мирзиёев илк расмий ташрифини амалга ошириши ҳақида айтиб ўтар экан, Президентлар умумий манфаатларга эришиш ҳамда пайдо бўладиган муаммоларга ечим топиш мақсадида ўз мамлакатлари ўртасидаги икки томонлама стратегик ҳамкорликда янги босқични бошлаб беришини таъкидлаган.


Boburmirzo Xodjimurodov2018-05-10 17:29:07

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning olib borayotgan isloxotlari biz yoshlarni, xalqimizga, yanada g'amxo'r mexnatkash, sadoqatli bo'lishga undaydi. Inshaalloh albatta biz o'zbekistonning fidoi, jonkuyar farzandlari bo'lamiz, biz ota-bobolarimizga munosib farzand bo'lamiz. Alloh o'zi sizni asrasin.


Хива туман Кенгаши ижрочи котиби Я.Хожаниязова2018-05-10 17:03:10

Президентимиз барча мамлакатлар билан дўстона алоқаларни ўрнатаётганликлари бежиз эмас албатта. Бу бутун Ўзбекистон халқи учун ҳар томонлама юксалиш сари йўл. Чунки, "Уруш айирар, Тинчлик топиштирар" мақолидагидек, дўстимиз қанча кўп бўлса, тинчлигимиз ҳам шунча барқарор бўлишига ишонамиз.


Б.Юлдашев. O`zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши 2018-05-10 16:29:36

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трампнинг учрашуви сиёсат ва хавфсизлик, савдо, сармоя, молия, технология ва маданий-гуманитар соҳалардаги ўзаро алоқаларни янада ривожланишига, икки мамлакат ўртасида дўстона мунасобатларни ўрнатилишига катта хизмат қилади..


ЎзЛиДеП Тошкент шаҳар Кенгашининг Депутатлик гуруҳлари билан ишлаш бўлими мудири И.Камилова2018-05-10 16:07:07

Юртимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга расмий ташрифлари якунида икки мамлакат президентлари «Ўзбекистон ва Америка Қўшма Штатлари: стратегик шериклик янги даврининг бошланиши» деб номланган Қўшма баёнотини имзолашниши ва турли соҳалардаги ўзаро муносабатларни янада мустаҳкамлашга қаратилган ҳужжатлар тўпламининг қабул қилинишига албатта эришилади деган умиддамиз.


Сурхондарё вилоятида Абдуллаев Турсунали2018-05-10 15:56:25

Икки давлат уртасида хамкорлик алокалари урнатилса икки давлат манфати учун яхши хизмат килади.


Жиззах вилояти М.Тожибоева. Гўзал МТМ БПТ раиси2018-05-10 15:55:25

АҚШ каби дунёнинг ривожланган мамлакатлари билан ҳамкорлик, юртимиз ривожи учун хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+