Tarixiy tashrif arafasida: Frederik Starr navbatdagi kitobini “O‘zbekistonning yangi qiyofasi” deb nomladi

14.05.2018, 09:45

Tarixiy tashrif arafasida: Frederik Starr navbatdagi kitobini “O‘zbekistonning yangi qiyofasi” deb nomladi

Amerika tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi hamda raisi, professor Frederik Starr navbatdagi kitobini “O‘zbekistonning yangi qiyofasi” deb nomladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar bemoqda.

Frederik Starr — amerikalik taniqli ekspert, professor. Markaziy Osiyo, Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘yicha mutaxassis. O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor, AQSh ilmiy va siyosiy doiralarida katta hurmatga ega. U Yevrosiyo mintaqasi davlatlari siyosati hamda tarixiga oid 20 dan ortiq kitob muallifi. Xususan, o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan allomalarimiz haqidagi ilmiy-ommabop maqola va risolalari G‘arb mamlakatlari jamoatchiligi orasida ancha mashhur. 

Starr O‘zbekistonga ko‘p bora tashrif buyurgan. Jumladan, 2014 yil may oyida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashgan, 2016 yil dekabr oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. O‘tgan yili noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro anjumanning moderatorlaridan biri bo‘lgan. Nufuzli tadbirda ekspert O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari tufayli Markaziy Osiyoning birlashtiruvchi markaziga aylanayotganini qayd etgan edi.

Starr mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga xolis yondashadi. Uning konseptual qarashlari tub zamirida “O‘zbekiston —  Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik markazi va “yuragi” degan g‘oya mujassam. Ekspert AQSh va O‘zbekiston hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishi hamda mustahkamlashining qat’iy tarafdori bo‘lib kelgan. Buni uning navbatdagi kitobi aynan mamlakatimizning yangi tarixiga bag‘ishlangani ham tasdiqlaydi. Prezidentimizning AQShga ilk rasmiy tashrifi arafasida taqdimoti o‘tkaziladigan “O‘zbekistonning yangi qiyofasi” asari xususida maxsus muxbirimiz muallifdan qisqacha gapirib berishini so‘radi.

— 2017 yil O‘zbekiston uchun turli voqealarga boy, barcha sohada jadal rivojlanish davri bo‘ldi, — deydi F.Starr. — Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalardagi, xalqaro munosabatlardagi ulkan ijobiy o‘zgarishlardan xorijda ko‘pchilik hayratga tushmoqda. Lekin chet elda hamma ham ana shu islohotlar mohiyatini to‘liq tushunib yetayapti, deb bo‘lmaydi. 

Shu bois biz 6-7 oy oldin barcha voqealar aks etgan materiallarni to‘plab, tarixga muhrlashga qaror qildik. Kitobda bu o‘zgarishlarga baho bermadik, aksincha faqatgina ularni xolis bayon qildik. Mazkur jarayonda yuzlab huquqiy hujjatlarni, Prezident farmon va qarorlarini o‘rganib chiqishga to‘g‘ri keldi. Ochig‘i, bu oson kechmadi. Toshkentdagi hamkasblarimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganimiz ayni mana shu jarayonda ancha asqotdi. Ular bizga barcha ma’lumotlarni to‘liq taqdim qilishdi. Keyin biz O‘zbekistonning parlament faoliyati, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy sohalardagi islohotlarini xolis tahlil qilib berishlarini so‘rab, dunyodagi eng taniqli ekspertlarga murojaat etdik. So‘ng ushbu tahliliy materiallarni bir joyga jamladik. Natijada O‘zbekistonda qonun ijodkorligi sohasidagi yangilanishlarni aks ettiradigan yaxlit kitob yaratildi.

Islohotlarning natijalarini aniq va xolis baholash uchun aslida yillar lozim bo‘ladi. Kitobdagi ma’lumotlar esa, jahondagi har bir insonning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tasavvurga ega bo‘lishiga imkon beradi.

Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekiston suveren davlat sifatida ancha yosh mamlakat. Ammo uning davlatchilik tarixi to‘rt ming yillikka borib taqaladi. Nazarimda, bugun biz O‘zbekistonda ikkita muhim jihatga guvoh bo‘layapmiz. Avvalambor, yurtingiz suveren davlat, yirik iqtisodiyot sifatida yangi qadamlarni tashlamoqda. Jadal sur’atdagi islohotlar muhim natijalarga olib kelishi muqarrar. Biroq bunga yolg‘iz erishib bo‘lmaydi, mintaqa bilan hamjihatlikda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin. Shuning uchun ham O‘zbekiston diplomatiyasini, ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha qo‘shni davlatlar bilan umumiy til topganini e’tirof etish lozim. Ikkinchi muhim jihat shundaki, O‘zbekiston tarixiy taraqqiyot silsilasida, ya’ni umumiy tarix, madaniyat va fan-ta’lim uzviy bo‘lgan mintaqaviy taraqqiyotni qayta uyg‘otmoqda. Bu jarayon u yoki bu davlatda emas, balki birgalikda, ya’ni mntaqadagi har bir mamlakat, jumladan, Afg‘oniston ham bunda muhim rol o‘ynamoqda. Aynan mana shu ikki omil uzviy kechmoqda. Binobarin, O‘zbekiston qancha qudratli bo‘lsa, mintaqa ham shuncha qudratli bo‘ladi. Bu sa’y-harakatlar kimgadir qarshi qaratilmagan, balki hamma uchun ezgu maqsadni ko‘zlagan. 

Shavkat Mirziyoyev sharofati bilan O‘zbekistonda chuqur bilim va malakaga ega yoshlar, hokimiyat idoralarida bo‘ladimi, boshqa sohalarda bo‘ladimi, mamlakatda islohotlar jarayonida faol ishtirok etayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Umuman, so‘nggi yillarda yurtingiz evolyutsion o‘zgarishlar sari yuz burdi. O‘zbekistondagi yangilanishlar, hech mubolag‘asiz, har birimizni to‘lqinlantirmoqda. Yaqin kelajakda mamlakatning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘rin olishiga ishonamiz.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1368
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ансатбаев Парахат Азатбаевич ЎзЛиДеП ҚР Кенгаши бўлим мудири2018-05-15 21:35:14

Ўзбекистоннинг иқтисодиётинг ривожланаётгани, кўпчилик экспертлар томонидан ижобий баҳоланмоқда. Профессор Фредерик Старр навбатдаги китобини “Ўзбекистоннинг янги қиёфаси” деб номлаши ҳам бежиз эмас.


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-15 08:39:35

Фредерик Старр навбатдаги китобини “Ўзбекистоннинг янги қиёфаси” деб номланиши кенг маънода Ўзбекистоннинг янада ривожланаётганлигидан далолат беради.


Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти Кенгаши2018-05-14 16:55:49

Америкалик профессор Фредерик Старрнинг “Ўзбекистоннинг янги қиёфаси” номли китобини укиб урганишимиз, Энг мухими Ўзбекистонда қонун ижодкорлиги соҳасидаги янгиланишларни акс эттирадиган яхлит китобни ўзлаштиришимиз лозим.


O`zLiDeP Ҳазорасп туман Кенгаши раиси.Ю.Юсупов2018-05-14 12:47:40

Президентимиз Шавкат Мирзиёев барча қўшни давлатлар билан умумий тил топганини эътироф этиш лозим.


Қорақалпоғистон, Нукус ш, Қ.Бекназаров2018-05-14 11:46:21

Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёев Америка Қўшма Штатлари президенти Дональд Трампнинг таклифига биноан 2018 йил 15-17 май кунлари илк расмий ташриф билан АҚШда бўлиши кутилмоқда. Расмий ташриф якунида икки мамлакат президентлари "Ўзбекистон ва Америка Қўшма Штатлари: стратегик шериклик янги даврининг бошланиши" деб номланган Қўшма баёнотни имзолаши, турли соҳалардаги ўзаро муносабатларни янада мустаҳкамлашга қаратилган ҳужжатлар тўпламининг қабул қилиниши кутилмоқда. Эксперт Фредерик Старр айтишича “Ўзбекистон — Марказий Осиё минтақасининг геостратегик маркази ва “юраги” деган ғоя мужассам.


Матлуба Жўраева Сурхондарё вилоят Кенгаши "Аёллар қаноти" бўлим мудири 2018-05-14 11:12:19

Америкалик профессор Фредерик Старр навбатдаги китобини “Ўзбекистоннинг янги қиёфаси” деб номланиши кенг маънода Ўзбекистоннинг янада ривожланаётганлигидан далолат беради.


Бойсун туман Кенгаши Депутати О.Қодиров2018-05-14 11:10:12

Ислоҳотларнинг натижаларини аниқ ва холис баҳолаш учун аслида йиллар лозим бўлади. Китобдаги маълумотлар эса, жаҳондаги ҳар бир инсоннинг Ўзбекистонда амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳақида тасаввурга эга бўлишига имкон беради.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-05-14 10:57:04

“Ўзбекистоннинг янги қиёфаси” китоби дунё ҳамжамиятининг Ўзбекистон ҳақида янада кенгроқ маълумот олишга хизмат қилади.


Сатторов Нортожи ЎзЛиДеП Қизириқ туман Кенгаши депутати2018-05-14 10:38:32

Америкалик Танивли экспорти "Ўзбекистоннинг Янги қиёфаса"ни очиб беришига ишонамиз.


O’zLiDeP Хива туман Кенгаши раиси М.Матякубов2018-05-14 10:12:49

Америкалик таниқли эксперт, профессор - Фредерик Старр ўтган йили ноябрь ойида Самарқандда БМТ шафелигида бўлиб ўтган “Марказий Осиё: ягона тарих ва умумий келажак, барқарор ривожланиш ва тараққиёт йўлидаги ҳамкорлик” мавзуидаги халқаро анжуманида Ўзбекистон Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуслари туфайли Марказий Осиёнинг бирлаштирувчи марказига айланаётганини айтган. Бу билан бизнинг раҳбаримизнинг тўғри йўлдан бораётганлигини чет эл экспертлари ҳам таъкидламоқдалар.


Fikringizni qoldiring

+