“Buxoro” xalqaro aeroportida uning uzoq yillik tarixidan hikoya qiluvchi muzey ochildi

17.05.2018, 12:21

“Buxoro” xalqaro aeroportida uning uzoq yillik tarixidan hikoya qiluvchi muzey ochildi

Muzey eksponatlari orasida ilk marotaba o‘tgan asrning 20-yillarida osmonga parvoz qilgan “U-2” samolyoti bilan birga eng zamonaviy “787-Drenlaynt"larning maketlari ajralib turadi.

O‘zining ongli hayoti  va unutilmas faoliyatini ushbu korxona bilan bog‘lagan A.Yefremov, M.Simayev, O.Rojkov, V.Bakalo, N.Yafyasov, V.Pshinichnikov singari fidoyi insonlarning ham fotosuratlari muzey ko‘rgazmalaridan o‘rin olgan. Aeroport tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan bu insonlar  bilan bugungi avlod chindanda faxrlanadi. Ko‘rgazmalarda shuningdek, ular foydalangan buyumlar, ish kiyimlarini ham ko‘rish mumkin.

“Buxoro” xalqaro aeroporti keyingi yillarda Hamdo‘stlik davlatlar “Aeroport” Assotsiatsiyasi ko‘rik-tanlovlarning “Barqaror rivojlanayotgan aeroporti” “MDH mamlakatlari o‘rtasida yilning eng yaxshi aeroporti” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yuqori sovrinlarga ega bo‘lyapti.

Muzey eksponatlari sifatida ana shu assotsiatsiya tomonidan “Buxoro” xalqaro aeroportiga topshirilgan Diplom va Faxriy yorliqlar ham o‘rin olgan. Muzey ochilishida mazkur aeroport direktori, senator T, Bahromov “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi S.Husenov mehnat faxriysi A.Vahobov so‘zga chiqib, muzey bugungi avlodning aeroport tarixi bilan yaqindan tanishishlarida, keksa avlod vakillari tomonidan boshlab berilgan ezgu ishlarni davom ettirishlariga muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Umida Rustamova,

“Buxoro” xalqaro aeroporti xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Санъат Исматов2018-05-17 16:49:27

Мы рады открытием музея международного аэропорта Бухары. Нашим молодежи будет куда пойти и узнать об истории самолетов. Надеюсь что, в будущем этот музей расширит свои масштабы и увеличит поток посетителей.


Ы.Алланиязова2018-05-17 14:31:15

Музей бугунги авлоднинг аэропорт тарихи билан якиндан танишишларида мухим ахамиятга эга булиб колмасдан,балки мамлакатимизда туризмни ривожлантиришда хам ахамияти бекиёс.


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-17 13:33:05

Аэропорт тарихида ўзининг ўчмас изини қолдирган бу инсонлар билан бугунги авлод фахрланади ва ёд этишади


Дармонжон Худайберганова УзЛиДеП аъзоси2018-05-17 13:25:03

Унутилмас фаолиятини ушбу корхона билан боғлаган А.Ефремов, М.Симаев, О.Рожков, В.Бакало, Н.Яфясов, В.Пшиничников сингари фидойи инсонларнинг ҳам фотосуратлари музей кўргазмаларидан ўрин олганлиги ва Аэропорт тарихига боғланган ушбу музей доимо халқимиз этиборида бўлиб кўплаб сайёхларни ўзига жалб этади.


Fikringizni qoldiring

+