Andijonda 800 milliard so‘m kredit mablag‘lari aholiga taqsimlanmoqda

06.06.2018, 15:41

Andijonda 800 milliard so‘m kredit mablag‘lari aholiga taqsimlanmoqda

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida har bir oilalardagi turmush madaniyatini shakllantirish, yashash sharoitini yaxshilash maqsadida viloyatda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda bir qancha xorijiy moliya institutlari tomonidan 100 million AQSh dollari yoki 800 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratildi. Bu xaqda "Xalq so‘zi" xabar bermoqda. 

Ayni paytda ushbu mablag‘ aholining chorvachilik, quyonchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlaridagi faoliyatlarini tashkil etish, issiqxonalar qurish, bog‘ va tokzorlar yaratish, sartaroshlik, kosmetologiya xizmati, kosibchilik, tunukasozlik, yog‘och va allyumin profildan eshik va romlar tayyorlash, zargarlik, avtoservis ustaxonalari ochish, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish kabi 20 dan ortiq yo‘nalishlarga yo‘naltirilmoqda.

"Xonadonimda suv ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu mening baliqchilik bilan shug‘ullanishim uchun yaxshigina imkoniyat yaratadi. Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda intensiv usulda baliq parvarishlash bilan shug‘ullanishga qaror qildim", - deydi Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi Abdurahim Xo‘jamberdiyev "Xalq so‘zi" muxbiri Saminjon Husanov bilan suhbatda.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan ishchi guruhi a’zolari mavjud 878 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lishib, fuqarolarning xohish – istaklari va imkoniyatlari o‘rganilyapti.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Abdurahmonov Muhammadortiqali uzlidep Buloqboshi tuman kengashi a'zosi.2018-06-08 03:31:55

Aholini barchasini, xar bir oilani tadbirkor qilish juda qiyin vazifa. Faqat kredit ajratish bilan bu masala hal etilmaydi sabab allox hammani turli xil yaratgan istaysizmi yoki yo'q xar bir yurtda boy kambag'al albatta bo'ladi. Bir kam taminlangan oilaga 50-ta tovuq, 5-millon kredit berish bilan muammo hal etilmaydi asosan zavod, korxonalar barpo etish kerak. Mutasaddilar xar bir xonadonga kirib hudud muhiti, aholi ehriyojini o'rganib bazorgir yo'nalishni hududlarga mos ravishda bo'lin chiqish zarur. Masalan Neftchilar sharwxchasida tunikasozlik korxonasi yo'q, yoki adirda o'tlatish ucun chorvachilik uchun imkoniyat yaxshiroq. Yana bir diqqat beradigan jihat "eng mukammal biznes reja"ham nisbiydur hayotda 100% o'zini oqlashga hech kim kafil bo'laolmaydi. Juda ko'pchilik yetarli malaka,tajribasi bo'lmay turib tadburkorlikga qo'l uradi masalan Bolta o'z tamorqasida 100tub limon ekib 3-yilda mashina olsa, mahalladoshi Teshaham unga qiziqib 100tub limon ko'chat olib ekdi va Boltani tajribasinni to'la qo'lladi ammo uning limonlari xosilga kirmay qurib qoldi bechora Tesha kam taminlangan oila edi endi u kreditni qanday yopadi??? Demoqchimanki bankir, iqtisodchi, meneger mutahxasislarham uyma uy yurib aynan istiqboli sarmoyalarga o'z tavsiyalarini berishi va kredit oluvchilarda "cho'rniy xo't" yani ishlab chiqgan biznes reja ish bermasa, kreditni yopishni ikkinchi usuliniham ishlab qarzdorga maslaxat va tavsiyalar berishi kerak. Axolini tadbirkor qilish imkonsiz yani allox tarafidan berilgan iqtidor xarkimda xarxil birov usta temirchi u tunikasozlik uchun kredit olib ush yuritishni bilmasa u kasod bo'lishi aniq yana kimdur iqtidorli ish boshqaruvchi u yuqorida aytgan tunikasozlik korxonasi ochib o'ziham, hunarmandiniham boqishi mumkun. Ammo lekin boyagi usta esa hunarli bo'lgani bilan tadbirkor sifatida yutuqga erisha olmaydi shunday holatlarni xisobga olish maqsadga muofiq. Yana bir taklifim kredit ajratilganidan keyin endi kriditorlarga bazor, xaridor topib berish masalasi? Raxbarlar aynan shu muammoni o'z bo'yinlariga olish zarur. Soatsoz o'z soatlarini sota olmasa demak bu insonga bergan kredit manfaatli kredit xisoblanmadi kerak bo'lsa eksport yoki ichki bozorda ushbu soatsozga xaridor topib berish muammosiniham hal etish kerak. Aholini mahallama mahalla umumiy xolda tadbirkorlikga, ish boshqarishga bepul o'qitish va seminarlar tashkil etish loihasiniham yo'lga qo'yish kerak. Hudud yetakchi tadbirkorlari, iqtusodchi, menegerlar hudud aholisiga oyiga 1-2marta i'quv mashg'ulotlari o'tub bersa maqsadga muofiq bo'ladi menimcha dastlab 2-3yil shunday qilinsa keyinchalik hamma o'zini o'zi tortib ketaoladi.


Abdurahmonov Muhammadortiqali Uzlidep siyosiy pariyasi Buloqboshi tuman kengashi a'zosi 2018-06-08 03:04:27

Mening fikrimcha ushbu mablag'lar aholiga naxt pul shakilda berilgani maqsadga muofiq. Bir ko'zim tushan edi masalan soatsozlik yoki baliqchilik bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz shu soxa vakili(YTT) yoki yuridik shaxs bilan shartnoma taqdim etishingiz kerak. Lekin bir salbiy jihat borki buni ayrim insonlardan eshitgan bo'lsa kerak hamma. Prechisleniyaga qimmat narxda sotilishadi. Masalan bir baliqchilik tashkiloti 100kg baliq, va uning boqish uchun havzani bank ularga prechisleniya(shot surib) bersa sizga 7millonga sotadi , agar qo'lingizda naht pul bilan borsangiz aynan 7-millonga ko'rsatgan xizmatini 5-4millon atrofida bizga bajarib beradi naxtdi shirinda baribir. Kamida 1-2millon qimmatiga tushadi. Agar naxt pul(milliy valyuta va kerak bo'lsa xorijiy valyuta) naxt shakilda berilsa tadbirkor erkinroq va imkoniyati ko'proq bo'ladi va savdolasha oladi tanlash imkoni yuqori bo'ladi bu ish prechisleniya ortidan bo'lsa agar sizda savdolashish va tanlash imkoni yo'q. Firma yoki tadbirkor shartiga majbur ko'nasiz. Bir muammo yani naxt pulda kredit berilmayotganidan kredit oluvchi ancha ziyon qilishga majbur yani u faoliyatini erkin boshlash uchun naxt pulga muhtoj lekim bank naxt bermayapdi endi kredit oluvchi biror firma, tadbirkor bilan shartnoma tuzib bankdan 10.millon kredit oldi bank 10.milloni shartnimadagi xusob raqamga tushuradi bechora kredit oluvchi esa 10-15% atrofida naxt pul oladi endi yani 10millonga qo'l qo'yib 9-8.5millon naxt pul oladi bunga u majbur yani naxt pul bilan bemalol va erkinroq foaliyat boshlashi uchun. Endi xukumat aholiga kam % kredit berish islohotiga o'tayotgan bir davrda bankdan 7%li imtiyozli kredit olgan qarzdor baribir aylanib aylanib 15-20% ustama to'layabdi bu esa ulkan va xal etilishi shart muammo. Fikrimcha naxt pulda kredit berishni yo'lga qo'ymagunicha bunday salbiy jihatlar barham topmaydi.


Алишер Иргашев2018-06-07 16:42:14

Кредит таксимланиши бошлангани йук. Махалла кумитасига ариза бердик. Кутиш кераклиги айтишди. Кредит ажратилиш шартлари, бахолаш мезонлари хакида хеч кандай маълумот топилмади. УзЛиДеП матбуот маркази бу хакда аник маълумот бера оладими? Яъни, кредит бериш учун ахолини бахолашда кандай аник критерийлар мавжуд? Ёки, Банк истаган бахона билан рад жавобини бериши мумкинми? Махалла комитетининг бу холатда урни кандай? Ариза йигишдан бошка бирор бир жараёнда иштирок этадими? Хозирга кадар ахолининг талаб истаклари урганилаётгани хакида бизнинг махалладан бирор бир маълумот эшитмадим.


Farhod2018-06-07 16:25:50

Hali kredit ajratish boshlanmadi. Xakqning ehtiyoji aniqlanmoqda


Х.Алимова- Қувасой шахар Кенгаши ижрочи котиби2018-06-07 11:09:11

Дарҳақиқат Президенттмизнинг Андижон вилоятига ташрифи чоғида "Хар бир оила-тадбиркор" дастури доирасида имтиёзли 3 фоизли кредитларни нақд пул кўринишида ахолига берилиши катта ютуқдир. Бизнинг шаҳримизда хам тадбиркорлик билан шуғилланмоқчи бўлган ахолидан имтиёзи кредит олиш бўйича депутатларимизга мурожаатлар тушмоқда. Депутатларимиз шахардаги барча ьанкларга депутатлик сўрови юбордилар. сўров натижасига кўра хозирги кунда бизнинг шахримиз банкларида 7 % имтиезли кредит сектор рахбарининг тавсиясига кўра берилаётганлиги аниқланди. Қани энди бизнинг вилоятимизга хам шундай 3 % имтиёзли кредит олиш бўйича дастур ишлаб чиқилса, айни муддао бўлар эди.


Сергели тумани фаоли Мансуров Мираббос2018-06-07 09:46:48

Ушбу маблағ аҳолининг чорвачилик, қуёнчилик, паррандачилик, балиқчилик, асаларичилик йўналишларидаги фаолиятларини ташкил этиш, иссиқхоналар қуриш, боғ ва токзорлар яратиш, сартарошлик, косметология хизмати, косибчилик, тунукасозлик, ёғоч ва алюмин профилдан эшик ва ромлар тайёрлаш, заргарлик, автосервис устахоналари очиш, қандолатчилик маҳсулотлари билан ишлаб чиқаришга хизмат қилади.


Muhammadzokir2018-06-07 02:42:36

ATAYIN KATTA HARIFDA YOZYAPMAN HOZIRDA YON ATROF TUMANLARGA KREDITLAR TARQATILYAPTI TELEVIZORDA KÒRSATISHYAPTI BALIQCHI TUMANIDA ESA UCH MARTTA FOIZIHAM MUDDATIHAM ÒZGARDI VA HALI HAMON DARAK YÒQ NEGA AYNAN BIZNI TUMAN KATTALAR BÒLSA HABAR OLILARCHI! PREZIDENT 3YILGA 3FOIZ DEB AYTKAN EDI BIZDA 3YILGA 7FOIZGA OXIRGI MARTTA ÒZGARDI VA BOSHQA GAP SÒZ YÒQ BU BOR NARSA EKANLIGIGA ISHONCHIM KOMIL AHR MUHATARAM YURTBOSHIMIZ AYTKAN SÒZLARI QONUN!


Рахим2018-06-06 21:13:52

Кани энди бошка вилоят ва шахарларга хам шунака имтиёзли кредитлар берилса,жуда максадга мувофик булар эди.Ишсизликни олдини олиш буйича ташланган,жуда яхши шахдам кадамлар,бардавомлигини кутиб коламиз.


Tahir Abdusamatov2018-06-06 19:32:58

Тугриси шу пайтгача берилган имтиёзли кредитлардан биринчи навбатда Банк ходимларининг кариндош уруглари фойдаланишган, бунисини ижросини каттик назоратга олиш керак. Имтиёзлик кредит деб Президентимиз Халк фаровонлигини оширишга очилаетган бу йулни коррупцияга йуналтирадиганлар кам эмас


Dostonbek2018-06-06 19:25:42

Mengaxam yordamlariz kerak xizmatlar bazasi ochmoqchiman meni rejalarim ko'p amalga oshirmoqchiman oldin sizlar bilan gaplashmoqchiman men Rossiyadaman uyim yo'q lekin Vatanim bor.sog'bo'lilar


Fikringizni qoldiring

+