Tashrif doirasida muhim hujjatlar imzolandi

Tashrif doirasida muhim hujjatlar imzolandi

Prezidentimizning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boshqarish vazirligi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi, O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirliklari o‘rtasida O‘zbekistonda Milliy elektron savdo platformasini joriy qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo memorandum, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Koreya Strategiya va moliya vazirligi o‘rtasida Bilimlar almashinuv dasturi bo‘yicha Anglashuv memorandumi, 2018-2020-yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha hukumatlararo hadli kelishuv hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya eksport-import banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv kabi oltmishdan ortiq muhim hujjat imzolandi.

O'zA

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1404
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+