2018-yil 1-avgustdan alohida toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga qanday imtiyozlar beriladi?

12.06.2018, 10:02

2018-yil 1-avgustdan alohida toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga qanday imtiyozlar beriladi?

Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deya xabar qilmoqda "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga muvofiq 2018 yil 1 avgustdan boshlab alohida toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi imtiyozlar berildi:

davlat mulki ob’ektlarini “nol” qiymatda sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolarida bitim tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki ob’ekti uchun ijara to‘lovini eng kam ijara to‘lovi stavkasini 50 foizi miqdorida to‘lash.

Mazkur preferensiyalarni qo‘llash tartibi Moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda ishlab chiqilib tasdiqlanadi.

2018 yil 1 avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq to‘lash fondi uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi.

2018 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati korxonalariga tegishli ishlab chiqarish ob’ektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гузал Муслимова2018-06-13 14:01:02

Мазкур карор билан юртбошимиз томонидан яна бир бор мамлакатимизда тадбиркорлик билан шугулланаётган субъектларни давлат томонидан хар томонлама куллаб кувватлаганлигини куриш мумкин, бунга жавобан эса факат халол мехнат килиш талаб этилади. Айникса бу борада имконияти чекланган шахсларнинг хаётга булган муносабати ижобий томонга узгаради, уз имкониятларидан самарали фойдаланиб, оиласини, юртини иктисодий томонидан ривожланишига салмокли хисса кушиши учун улкан имконият эшиклари очилади. Бунинг учун Узбекистонда яшаётган куп миллатли халк номидан Шавкат Миромонович сизга каттадан катта ташаккур !!!


Мирзоев Акмал Шарофиддинович2018-06-13 09:43:15

Ахолини ижтимоий заиф катлами бандлигини таьминлаш тугрисидаги карор жуда уринли кабул килинибди, чунки бу катламдаги ишга ярокли фукаролар иш билан таьминланишида куп муаммоли вазиятлар бор эди. Энди бу муаммоларни ечими топилади.


Akmal2018-06-13 04:16:02

Bunday qarorlarni chiqarilgani tadbirkorlar uchun ayni muddao endi buning targ'iboti va amaldagi ijrosiga etiborni qaratish kerak. Chunki bazi mutasaddi tashkilotlar hali ham eskicha fikirlash eskicha qarash bilan yuribdi bu ayniqsa tadbirkorlik uchun yer ajratish va ijara bilan shug'rlanivchi tashkilotlarga tegishki. Bu tashkilotlarning qo'lida ijaraga berilishi mumkin bo'lgan bo'sh turgan binolar yoki bo'sh yotgan yerlar haqida 10% gina ma'lumot bor holos.


Нодира Отамуродова OʻzLiDeP Зарафшон шахар булими аппарат рахбари2018-06-12 20:18:29

Бугун юртимизда амалга оширилаётган кенг куламли ислохатлар аввало инсон учун, унинг манфаатлари учун хизмат килаётгани хеч кимга сир эмас. Ушбу карор эса юртимизда хеч ким мехр ва эьтибордан четда колмаётгани, давлатимиз томонидан барча катлам вакилларига муносиб турмуш шароитлари яратилибгина колмай, уларни хар томонидан куллаб- кувватлаш борасида хам мана шундай ишлар амалга оширилаяпдики, натижада эса ижтимоий заиф катламнинг фаол хаётга кайтиши хамда амалий ишлари билан оркалии юртимиз ривожига муносиб хиссаларини кушишга эришилмокда.


O'zLiDeP Qo'qon shahar kengashi a'zosi I.Bahriddinova2018-06-12 16:53:29

Bu kabi amaliy sa'i-harakatlar fuqarolik jamiyati qurish sari dadil ildamlayotgan mamlakatimizni yanada olg'a qadam tashlashini ta'minlaydi


Элёр Маматов. O`zLiDep Бекобод туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-12 14:38:23

Бу қарор аҳолининг ижтимоий заиф қатламини фаол хаётга қайтариш билан бирга ўзларининг бошқалардан кам эмасликларини англаган холда юртимиз равнақига хисса қўшишларига кенг имкониятлар яратади.


Д.Рахманова-УзЛиДеП Сурхондарё вилояти Кенгаши2018-06-12 12:45:32

Аҳолининг ижтимоий заиф қатлами бандлигини таъминлашни рағбатлантиришнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисидаги Президентимизнинг қарори ижтимоий ҳимояга мухтож тадбиркорлар ва жамоат ташкилоти ходимларига қулай шароит ва имтиёзлар берилаётгани олийжанобликдир


O‘zlidep Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi Kelajak deputatlari guruhi a‘zosi Xolto‘rayev Tohir2018-06-12 12:11:23

Tadbirkorlarimiz uchun yana bir imkoniyat va chegirmalar berilmoqda bundan oqilona foydalanishlari kerak hurmatli tadbirkorlarimiz....


Yangibozor tuman faoli S.Qurbonova2018-06-12 11:08:01

Nogironligi bölgan shaxslarni ishga olish uchun yana bir imtiyoz yaratilibdi.


Fikringizni qoldiring

+