“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

11.07.2018, 09:13

“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
 
qarori


Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ta’minlaydigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: 

1. Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XKning Buxoro viloyatida “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda “Buxoro-agro” EIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 

2. Buxoro viloyati hokimligi: 

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralari aniq belgilanishini va yerlarning belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin; 

manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar va jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mahalliy korxonalar tashkil etish choralarini ko‘rsin. 

3. Quyidagilar “Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: 

zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini qo‘llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish; 

hududning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug‘dan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonini tashkil etishni rag‘batlantirish; 

ko‘chatzorlar, shuningdek, birlamchi urug‘chilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo‘jaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ va ko‘chatlari bilan ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish; 

logistika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko‘maklashish; 

issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanishni keng joriy etish; 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; 

issiqxona xo‘jaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda ishtirok etish. 

4. Belgilab qo‘yilsinki: 

“Buxoro-agro” EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining bevosita tasarrufida bo‘ladi; 

“Buxoro-agro” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati u tashkil etilgan kundan boshlab, mazkur muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi; 

“Buxoro-agro” EIZning faoliyat ko‘rsatishi muddati mobaynida uning hududida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi; 

“Buxoro-agro” EIZ ishtirokchisi maqomi Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining qarori bilan beriladi. 

5. Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi: 

a) bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ direksiyasini va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rsin; 

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK va tijorat banklari bilan birgalikda: 

“Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlari jalb etilishini, ular bilan tizimli ishlar olib borilishini, shuningdek, loyihalarni “Buxoro-agro” EIZ hududiga joylashtirish bo‘yicha investitsion buyurtmalarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini; 

tadbirkorlik subyektlariga “Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashishni ta’minlasin. 

6. “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi erkin iqtisodiy zonaning butun faoliyat ko‘rsatishi davrida asosiy faoliyat turi bo‘yicha soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin. 

7. “Buxoro-agro” EIZ qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin. 

8. “Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Komissiyaning (S.Xolmurodov) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 

mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu tadbirlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish; 

“Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, donor mamlakatlarning, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlarini jalb etish; 

“Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlar izlashga hamda jalb etishga ko‘maklashish, ular bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, ularga o‘z faoliyatini tashkil etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatish. 

9. Belgilansinki, “Buxoro-agro” EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 

Bunda loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan o‘z mablag‘lari miqdori tegishli loyiha umumiy qiymatining 25 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. 

10. “Buxoro-agro” EIZ hududida tashkil etilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2718-son qarorida belgilangan kreditlar taqdim etish tartibi va shartlari tatbiq etilishi belgilansin. 

12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB va boshqa tijorat banklariga loyiha tashabbuskorlarida garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan hollarda ularga texnologik uskunalarni lizing asosida xarid qilish imkoniyatini berish tavsiya etilsin. 

13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ “Buxoro-agro” EIZ direksiyasi bilan birgalikda “Buxoro-agro” EIZ hududini, shuningdek, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonlarini tashqi yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan kafolatli ta’minlasin. 

14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi: 

Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturi parametrlarini shakllantirishda “Buxoro-agro” EIZning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi asosida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun kapital qo‘yilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin. 

15. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Buxoro viloyati hokimligining: 

Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib; 

“Qishloq qurilish loyiha” MCHJni “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 

16. Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Buxoro-agro” EIZning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilishini hamda Buxoro viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin. 

17. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat bojxona qo‘mitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Buxoro-agro” EIZ ishtirokchilariga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun logistika markazlarini hamda bojxona postlarini qurish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

18. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: 

O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Isroil davlati, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonalar hamda respublikaning xorijiy davlatlardagi boshqa diplomatik vakolatxonalari zimmasiga “Buxoro-agro” EIZ hududida loyihalar, jumladan, zamonaviy energiya tejovchi issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirish uchun xorijiy investorlar, shuningdek, xorijiy kredit liniyalarini jalb etishga ko‘maklashish majburiyatini yuklasin; 

Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida yaratiladigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 

19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida yaratiladigan zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha ishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 

20. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmalariga binoan “Buxoro-agro” EIZ hududida tashkil etiladigan korxonalarda, jumladan, issiqxona xo‘jaliklarida ishlash maqsadida respublikaga xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 

21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: 

a) Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda zamonaviy energiya tejovchi issiqxona komplekslarini (issiqxonalarni) ular joylashgan hududning (joyning) o‘ziga xos xususiyatlaridan, issiqxonaning ixtisoslashuvidan hamda issiqxona xo‘jaligi samaradorligiga ta’sir etuvchi boshqa omillardan kelib chiqqan holda maqbul sharoitlarda tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqsin; 

b) Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda: 

bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari uchun issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilish masalalari yuzasidan turkum o‘quv seminarlarini tashkil etsin; 

zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasi asosida mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 

22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda issiqxona xo‘jaliklarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi va oqilonaligini o‘rganish maqsadida ularni joyiga chiqqan holda viloyatlar va tumanlar (shaharlar) kesimida atroflicha inventarizatsiyadan o‘tkazsin, uning natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan birga hisobot kiritsin. 

23. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

24. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S.R.Xolmurodov, Z.T.Mirzayev va Buxoro viloyati hokimi O‘.I.Barnoyev zimmasiga yuklansin. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                      SH.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 
2018-yil 10-iyul

  • Ko'rildi
    1867
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Санъат Исматов2018-07-12 15:53:18

Огромные масштабы привлечены и предоставлены множество привилегий для предпринимателей в данном Постановлении нашего Президента. Конечно же, для народа Бухары это очень радостная новость и мы бесконечно благодарны нашему Президенту. Бухарские предприниматели в своей очереди воспользуются этими льготами и достигнут новых высот. мы в это верим!


Санжар Бакаев2018-07-12 15:31:32

Принятие Постановления о создании СЭЗ "Бухоро агро" в Бухарской области очередной правильный подход руководства страны по развитию сельскохозяйственной отрасли региона. Создание СЭЗ "Бухара агро" даст положительный эффект для роста экономики региона и страны в целом, привлечет иностранные инвестиции, создадутся новые рабочие места. Также, существенно улучшит показатели экспорта сельхоз продукции. Предприниматели неизбежно смогут приобретать самые передовые, современные, производственные и перерабатывающее оборудование. Наряду с этим, мы сможем наблюдать открытие имеющегося потенциала данной отрасли. Нам же, остается только умело воспользоваться этой возможностью и смело реализовывать свои амбициозные проекты.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-12 09:20:56

Bunday qishloq xujaligi yunalishidagi Iqtisodiy zonalarni boshqa viloytlarda ham tashkil qilinsha juda ko'p qo'shimcha ish o'rinlari yaratilib ,eksport miqdori ham oshar edi.


O'zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари - аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-12 08:56:59

Бухоро вилоятида “Бухоро-агро” эркин иқтисодий зона ташкил этилиши янги иш ўринлар барпо этиш, сифатли экспортбоп қишлоқ хўжалик маҳсулотлари етиштириш бўйича яратилган кенг имкониятдан унумли фойдаланишимиз лозим.


Ж.Мавлонов ЎзЛиДеП Когон шаҳар Кенгаши ДГ ижрочи котиби2018-07-11 16:55:16

“Бухоро-Агро” эркин иқтисодий зонасини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори биз ёшлар учун катта имкониятларни яратиб беради.Ушбу қарор ўз вақтида халқ манфааини кўзлаб қабул қилинган қарорлардан бири деб ҳисоблаймиз.


Каримова Юлдуз2018-07-11 16:42:00

"Бухоро -Агро иқтисодий зоннасини"ташкил этиш тўғрисидаги қарорнинг қабул қилиниши вилоят иқтисодиётини, аҳоли даромадини оширишга хизмат қилади.Сув тақчил бўлган ҳудудда гидропоника суғориш усулларини кенг ривожлантириш замонавий деҳқончилик маданиятини кенгайтиришдаги давлатимиз томонидан яратилаётган имкониятлар бизни жуда қувонтирди.


Асхор Истамов - журналист, Бухоро вилояти2018-07-11 16:37:43

Бухоро вилоятида деҳқончилик билан шуғулланишнинг ўзи бўлмайди. Об-ҳаво қийинчиликлари, қиш чилласи-ю, ёз жазирамаси, қишлоқ-хўжалиги экинларини етиштиришда ўз салбий таъсирини ўтказмай қолмайди. Аксарият майдонларда ернинг шўрланганлиги эса агротехник тадбирларни ўз вақтида ва сифатли ўтказишга халақит бераётганлиги туфайли майдонларни қайта-қайта суғориш заруратини келтириб чиқармоқда. Президентимизнинг ушбу қарори деҳқончилик маданиятини янада юксалтиришда вилоят аҳолисини сара сабзавот маҳсулотлари билан таъминлаш имконини берада.


З.Аслонова, Бухоро вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари 2018-07-11 16:27:41

Давлатмиз раҳбари томонидан куни-кеча имзоланган "Бухоро-агро" ЭИЗ ташкил этиш тўғрисидаги қарор ҳеч шубҳасиз, ҳудуд иқтисодиётини янги босқичга кўтариш, жойларда кўплабянги иш ўринлари яратиш, аҳоли турмуш фаровонлигини ошириш, қолаверса халқимиз дастурхони мўл-кўллигини таъминлашда муҳим аҳамият касб этиши билан эътиборга молик .


Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-07-11 12:44:20

"Бухоро-Агро" ЭИЗсининг ташкил этилиши вилоятимизда иссиқхоналарнинг фаолиятини самарали йўлга қўйилишига, янги иш ўринларининг яратилишига, юқори ҳосилдорликка эга бўлган қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришга хизмат қилади. Давлатимиз томонидан ЭИЗга берилаётган имтиёзлар, яратилаётган шароитлар ҳудудларда бу зонанинг тез оёққа туришига ёрдам беради деб ўйлайман.


O`zLiDeP Томди туман бўлими аппарат рахбари М.Абдазимов2018-07-11 09:55:58

"Бухоро-Агро эркин иқтисодий зонасини ташкил этиш Бухоро вилоятида янги иш уринларини ташкил этилишига хамда ахоли даромодлари оширлишига давлатимизнинг ихтисодиетини кутаришда яхши имкон буладиганига ишономан


Fikringizni qoldiring

+