“O‘zbekiston havo yo‘llari” – “Eng punktual aviatashuvchi” deb e’tirof etildi

27.07.2018, 18:23

“O‘zbekiston havo yo‘llari” – “Eng punktual aviatashuvchi” deb e’tirof etildi

Moskvaning “Domodedovo” aeroporti hamkor aviakompaniyalar o‘rtasida har oylik yakunlari asosida punktual aviatashuvchini aniqladi. 

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishlarsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan “Eng punktual aviakompaniya” deb e’tirof etildi. 

Ta’kidlash joizki, Milliy aviakompaniya hozirgi kunda ushbu aeroportga O‘zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

MAK joriy yil sentabr oyidan poytaxtdan Moskvaga haftasiga 21 ta qatnovni bajarishni, viloyat aeroportlaridan esa reyslar sonini haftasiga 9 taga yetkazishni rejalashtirgan.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    815
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+